@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Mustaqillik bayrami arafasida #MenUchunQadrli nomli fleshmobga start berildi

 2019-08-20 15:12:00   |     Просмотров: 4756

“Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yillik bayrami arafasida #MenUchunQadrli nomli fleshmobga start berilganini e’lon qiladi.

Unda ishtirokchilar o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali O‘zbekiston bilan bog‘liq qadrli taasurotlari (tarixiy bino, joy yoki buyum, qiziqarli voqea, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, erishilgan natijalar, oila a’zolari yoki do‘stlar davrasida olingan fotosuratlar) bilan ishtirok etishlari mumkin.

Bu bilan bayram arafasida o‘zaro hamjihatlikni yanada oshirish, vatanimizni qanchalik sevishimiz va uning har bir bo‘lagi biz uchun qadrli ekanligini yana bir bor yodga olamiz. Eng asosiysi esa, shu orqali bir-birimizni bayram bilan o‘ziga xos tarzda tabriklab, yaxshi kayfiyat ulashamiz.

Buning uchun yuqorida keltirib o‘tilgan, Siz uchun qadrli bo‘lgan fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarda do‘stlaringiz bilan ulashing hamda ularni ta’riflashda #MenUchunQadrli yoki #Ценю heshteglaridan foydalaning.

Fleshmobda barcha yoshdagi fuqarolar, vazirlik va idoralar jamoalari, xorijdagi vatandoshlar, chet ellik mehmonlar, yurtimizda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar vakillari va boshqalar ishtirok etishlari mumkin. 

E’lon qilinayotgan fotosuratlar tashkilotchilar tomonidan kuzatib boriladi hamda eng faol ishtirokchilar va kreativ ishlar OAV orqali keng jamoatchilik e’tiboriga taqdim etiladi. Mustaqillik bayramini keng nishonlashda Siz ham o‘z hissangizni qo‘shing.

“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati