@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga yordam berishga tayyorligini bildirdi

 2019-02-28 15:12:00   |     Просмотров: 3654

27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida o‘zbek-amerika fuqarolik forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir o‘zbek-amerika siyosiy maslahatlashuvining 7-raundi doirasida tashkil etildi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, “Yuksalish” umummilliy harakati hamda qator mustaqil NNT vakillari, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda AQSH delegatsiyasi nomidan Davlat departamentining Demokratiya, inson huquqlari va mehnat byurosi maslahatchisi muovini lavozimini v.b. Maykl Kellerer nutq so'zlab, O'zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini qo'llab-quvvatlash borasida ijobiy o'zgarishlar kuzatilayotganini ta’kidladi. Uning fikriga ko'ra, bu o’zgarishlar fuqarolar va biznes doira vakillarining amalga oshirilayotgan islohotlar va qonun loyihalari muhokamalaridagi ishtirokida yaqqol namoyon bo’lmoqda. 

M. Kelleyer, shuningdek, o'zbekistonlik hamkasblariga nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish bo'yicha qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, manfaatdor vazirlik va idoralar xodimlarining malakasini oshirishga alohida e'tibor qaratishni taklif qildi.

Bundan tashqari, Davlat departamenti vakillari mamlakatdagi islohotlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini baholash indekatorlari ishlab chiqilishi lozimligi va mazkur yo’nalishda o’zaro hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Bu borada ilg’or xorij tajribalarini o'rganish muhimligi aytib o’tildi.

Muhokamalar davomida ishtirokchilarga O'zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini siyosiy jarayonlar va ijtimoiy sheriklikka jalb qilish, fuqarolik jamiyatining huquqiy tizimi, shuningdek, fuqarolik jamiyatining biznesni rivojlantirishga ko'maklashishi mumkin bo'lgan sohalarga jalb qilish bo'yicha olib borilayotgan ishlar natijalari taqdim etildi.