@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Toshkent shahrida bosma va internet OAV vakillari uchun trening o‘tkazilmoqda

 2019-08-23 14:07:00   |     Просмотров: 3000

Joriy yilning 22-24-avgust kunlari “O‘zbekistonda jurnalistika sohasida xalqaro etika standartlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Toshkent shahrida bosma va internet OAV vakillari uchun trening o‘tkazilmoqda. Unda Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatida faoliyat yurituvchi 20 nafar jurnalistlar ishtirok etmoqdalar.


“Yuksalish” umummilliy harakati ofisida tashkil etilgan tadbir davomida bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni yoritishda tahliliy jurnalistikaning o‘rni, sifatli tahliliy maqolalar yozish, xususan faktlar bilan ishlash, normativ-huquqiy hujjatlardan o‘rinli foydalanish kabi mavzular bo‘yicha ko‘nikmalar berildi.


Loyihaning maqsadi yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ob’ektiv yoritilishini ta’minlash maqsadida hududlardagi mahalliy OAV vakillarining professional etika va tahliliy jurnalistika bo‘yicha salohiyatlarini yanada oshirish hisoblanadi.
“Yuksalish” umummilliy harakati Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda joriy yilning iyul — avgust oylari davomida respublikaning qator viloyatlarida hududiy treninglar tashkil etib kelmoqda. Unda, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy mavzularni faol yorituvchi blogerlar ham ishtirok etishmoqda.


Bugungi kunga qadar treninglar Samarqand viloyati (Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlari ishtirokchilari uchun), Qashqadaryo viloyati (Qashqadaryo, Buxoro va Surxondaryo viloyatlari ishtirokchilari uchun), Andijon viloyati (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari ishtirokchilari uchun), Xorazm viloyatida (Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ishtirokchilari uchun) o‘tkazildi. 


Natijada hududlarda faoliyat yuritayotgan 100 dan ziyod bosma va internet OAV vakillari qamrab olinib, ular ishtirokida muhokamalar tashkil etildi. Jumladan, ishtirokchilar tomonidan jurnalistlarning kasb etikasi, yurtimizda bugungi kunda jurnalist va blogerlarning faoliyati yuzasidan fikrlari umumlashtirildi.