@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Mahalliy va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida yoshlar uchun dolzarb masalalarda tadqiqotlar o‘tkaziladi

 2019-08-28 15:52:00   |     Просмотров: 3278

27-avgust kuni “Yuksalish” umummilliy harakatida mahalliy va xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirokida yoshlar muammolarini o‘rganish hamda ushbu sohada qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Shveysariyaning “PeaceNexus” jamg‘armasi, UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti va boshqa qator matasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.


Suhbat davomida tomonlar BMT Xavfsizlik kengashining 2250 “Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik” rezolyutsiyasi doirasida O‘zbekiston yoshlari oldida turgan dolzarb muammolar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilishi lozimlini ta’kidlab, buning uchun loyihaning asosiy yo‘nalishlari aniqlab olinishi zarurligini bildirdilar.


Jumladan, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxanov UNICEF tashkiloti bilan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga to‘xtalib, bugungi kunda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni yanada jadallashtirish lozimligini bildirdi. Yoshlarning mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishlari uchun kerakli sharoitlarni yaratish, kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish, shuningdek yigit-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berish kerakligi aytib o‘tdi. 


Davra suhbati yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston yoshlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda islohotlarni amalga oshirishda yigit-qizlarning salohiyatida unumli foydalanish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlarni faol jalb qilish va yana boshqa qator dolzarb masalalarni o‘z ichiga olgan tadqiqot o‘tkazishga kelishib olindi.