@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

O‘zbekistonning barqaror rivojlanish maqsadlarining joriy etilish holati jamoat tashkilotlari vakillari bilan muhokama qilindi

 2019-08-29 10:53:00   |     Просмотров: 2462

Kecha “Yuksalish” harakati ofisida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi vakili Rikardo Messiano ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bir qator jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, unda BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining joriy etilishi va belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish holati muhokama qilindi. Xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari hukumatga takliflar tayyorlashi va doimiy yordam ko‘rsatishi zarurligi ta’kidlandi.

Muhokamalar davomida ishtirokchilar Barqaror rivojlanish bo‘yicha milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibini kengaytirib, unga jamoat tashkilotlari vakillarini ham kiritish taklifini bildirdi.

Uchrashuv yakunida barcha tomonlar vazirliklar, idoralar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida yaqindan hamkorlik o‘rnatish zarurligini ta’kidlab, O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlarining joriy etilishini jadallashtirish uchun buni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanini qayd etdilar. “Yuksalish” harakati ishlab chiqilayotgan barcha takliflarni umumlashtirib, barcha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish vazifasini o‘z zimmasiga olishiga kelishib olindi.

 

                                                                                                                                                                                                                               “Yuksalish” harakati matbuot xizmati