@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yillik bayrami arafasida “Yuksalish” umum milliy harakati tashabbusi bilan #MenUchunQadrli nomli fleshmobga start berilgan edi

 2019-09-06 20:39:00   |     Просмотров: 3531

Unda ishtirokchilar o‘zlarining O‘zbekiston bilan bog‘liq fotosuratlari: tarixiy bino, joy yoki buyum, qiziqarli voqea, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, yaqinlari va yana boshqa turli voqea va hodisalar aks etgan fotosuratlari bilan ulashdilar.

10 kun davom etgan fleshmobda #MenUchunQadrli yoki #Tsenyu hashtaglari ostida Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarining o‘zida 6 mingga yaqin fotosuratlar joylandi. Quvonarlisi, ishtirokchilar tomonidan yurtimizning diqqatga sazovor maskanlari, zamonaviy binolari tasvirlangan qisqa videofayllar ham taqdim etildi.

O‘ylaymizki, ushbu aksiya vatan biz uchun qanchalik azizligi, uning har bir burchagi hamda undagi har bir inson #BizUchunQadrli ekanligini bir-birimizga yana bir bor aytishga sabab bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, barchaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

 

                                                                                                                                                                                                                                           “Yuksalish” harakati jamoasi.