O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva “Yuksalish” harakati a’zosiga aylandi
2019-09-30 11:43:00 |
Просмотров: 3057
Kuni kecha “Yuksalish” harakati Toshkent shahar bo‘linmasi vakillari tomonidan O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyevaga a’zolik sertifikati topshirildi. Uchrashuv davomida harakatning maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Avvalroq “Yuksalish” harakatiga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahri va qator viloyat hokimlari a’zo bo‘lish istagini bildirgan edi.