@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

BDIPCh OBSE saylovlarni kuzatish missiyasi rahbari bilan uchrashuv

 2019-12-12 18:15:00   |     Просмотров: 2274

12 dekabr kuni “Yuksalish” harakati ofisida Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi (BDIPCh OBSE) saylovlarni kuzatish missiyasi rahbari Tanao de Zulueta Outram bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda fuqarolik jamiyati institutlarining saylovlarni tayyorlash va o‘tkazishda, jumladan saylov jarayonini kuzatuvchilar sifatida ishtirok etishining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

“Yuksalish” NNT ijrochi direktori Bobur Bekmurodov mehmonlarga Harakatning maqsad va vazifalari, asosiy yo‘nalishlari, jumladan yaqinlashib kelayotgan saylovlar haqida fuqarolarni xabardor qilish, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va Strategiya doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Tanao de Zulueta missiya OBSE BDIPCh saylov jarayonlarini kuzatuvchi sifatida O‘zbekistonda ikkinchi marta ishtirok etayotganini ta’kidladi. Birinchi marta missiya tarkibida 244 nafar kuzatuvchi, ulardan 30 nafari uzoq muddatli kuzatuvchilar, respublika parlamentiga saylovlarni monitoring qilmoqda. 22 dekabr kuni ular deyarli barcha saylov okruglarida bo‘lishadi.

Shuningdek, missiyaning siyosiy tahlilchisi Martina Barker-Tsiganikova uchrashuv davomida quyi palata deputatlari nomzodlarini ilgari surish tartibi, saylov okruglarida moliyalashtirish va targ‘ibot ishlari olib borilishi haqida savollar berdi.

 

                                                                                                                                                                                                                               “Yuksalish” harakati matbuot xizmati