@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish'' harakati Markaziy apparatiga, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi hududiy bo'linmalariga tanlov asosida ishga qabul qiladi

 -0001-11-30 00:00:00   |     Просмотров: 24233

NOMZODLAR UCHUN QO`YILADIGAN TALABLAR:

 

  • oliy ma’lumot;
  • kamida 3 yil rahbarlik (menedjerlik) tajribasi;
  • zamonaviy fikrlash, tashabbuskorlik;
  • tahliliy materiallar bilan ishlash tajribasi;
  • o‘zbek tilini mukammal bilishi va jamoatchilik oldida erkin chiqish qila olish.

Ma'lumot uchun, “Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga asosan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 

  • rejalashtirilgan islohotlarni, shu jumladan, Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida fuqarolar, xorijda yashayotgan vatandoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirish;
  • xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
  • jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning sa’y-harakatlari va kuchlarini safarbar etish;
  • islohotlarning amalga oshirilishi jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama qilishda faol ishtirok etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot va takliflarni muntazam kiritish va boshqalar.

Ishga qabul qilingan xodimlar uchun yuqori oylik maosh, o‘z ustida doimiy ishlash uchun imkoniyat, tajriba almashish va malaka oshirish uchun turli xorijiy safarlar taqdim etiladi.

 

Qiziqish bildirgan nomzodlar uzb.yuksalish@gmail.com elektron pochta manziliga o‘z ma’lumotnoma (rezyume)larini yuborishlari mumkin.