@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Turkiya elchisi hamkorlikni jamoat institutlari darajasida rivojlantirishni taklif qildi

 2022-02-11 18:39:00   |     Просмотров: 2337

11-fevral kuni “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muhtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Harakat raisi mehmonni tashkilot faoliyati, davlat rahbarining amalga oshirilayotgan tashabbuslari, keng jamoatchilik ishtiroki tobora ortib borayotgan monitoring jarayonlari haqida ma’lumot berdi.

Elchi janoblari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning ijobiy dinamikasini yuqori baholadi. Bunda ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi uzoq yillik do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Olgan Bekar milliy darajadagi turli tashkilotlar, jumladan, yoshlar tashkilotlari va jamoat institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi. U islohotlarni samarali amalga oshirish omillaridan biri sifatida fuqarolik jamiyati institutlarini transformatsiya jarayonlariga jalb etish muhimligini ta’kidladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev belgilab bergan inklyuziv boshqaruv tamoyilida jamiyat nafaqat imtiyoz oluvchi, balki taraqqiyot ishtirokchisi hamdir.

Qardosh xalq elchisi hamkorlikni xalq diplomatiyasi sohasida, ikki mamlakatning “aql markazlari” o‘rtasida hamkorlikni jamoat institutlari darajasida rivojlantirishni, Turkiya va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish taklifini ilgari surdi. Joriy yilning bahorida Turkiya Prezidentining O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan tashrifi chog‘ida ikki mamlakatning jamoatchilik vakillari ishtirokida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati