@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Buyuk Britaniya hukumati huzuridagi Kommunikatsiyalar bo‘yicha davlat xizmati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2019-05-21 18:20:27   |     Просмотров: 4249

20-may kuni “Yuksalish” umummilliy harakati vakillari Buyuk Britaniya hukumati huzuridagi Kommunikatsiyalar bo‘yicha davlat xizmati delegatsiyasini qabul qildilar. 

Uchrashuv davomida Strategik kommunikatsiyalar yo‘nalishi rahbari Jeymi Ballantayn Kommunikatsiyalar bo‘yicha davlat xizmati faoliyati, tashkilot tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi. Xususan, qator davlatlarning matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish, idoralararo kampaniya va davlat darajasida olib boriladigan ommaviy kommunikatsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

O‘z navbatida, “Yuksalish” umummilliy harakati vakillari tashkilotning maqsad va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari haqida axborot berdilar. Jumladan, Harakat tomonidan islohotlarning amalga oshirilishi bo‘yicha jamoatchilik monitoringi tadbirlari o‘tkazish, fuqarolardan fikr va taklif qabul qilish kabi funksiyalar delegatsiya vakillarida qiziqish uyg‘otti.

“Yuksalish” umummilliy harakati o‘z faoliyatini barcha vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda OAV bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilishi ta’kidlandi. Shuningdek, Harakat barcha manfaatdor tomonlarni birlashtirgan holda turli sohalardagi loyihalarni hayotga tadbiq etishi aytib o‘tildi.

Kommunikatsiyalar bo‘yicha davlat xizmati vakillari bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni diqqat bilan kuzatayotganliklari hamda bugungi kunda O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarni o‘rnatishdan xursandliklarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar Kommunikatsiyalar bo‘yicha davlat xizmati tomonidan amalga oshirilgan “Speaking to the media” loyihasini O‘zbekistonda joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar. Ta’kidlanishicha, ushbu loyiha vazirlik va idoralar matbuot xizmatlari hamda mutaxassislarining OAV bilan ishlash samaradorligini oshiradi hamda keng jamoatchilik uchun axborotni to‘g‘ri yetkazish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.   

"Yuksalish" umummilliy harakati matbuot xizmati