@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati ishga taklif qiladi: ikkita boʼsh oʼrin bor

 2023-02-16 10:57:47   |     Просмотров: 4181

“Yuksalish” umummilliy harakati malakali mutaxassislar uchun quyidagi boʼsh ish oʼrinlarini taklif qiladi:

1) Islohotlar amalga oshirilishini umumlashtirish va monitoring qilish boʼlimi boshligʼi

Talablar:

- oliy maʼlumot;

- kamida 3 yillik ish staji (chet tillarini bilish, yurisprudensiya yoʼnalishidagi tajriba ustunlik beradi);

- masʼuliyatlilik, ishga boʼlgan ijobiy munosabat, katta axborotlar oqimi bilan ishlash koʼnikmasi (tahlil va umumlashtirish), stressga bardoshlilik, yetakchilik qobiliyatlari;

- toʼliq ish vaqti (09:00—18:00), besh ish kuni.

Vazifalar:

- Davlat dasturlari amalga oshirilishini jamlash, umumlashtirish va tahlil qilish;

- axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlash;

- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamalarida faol ishtirok etish;

- Davlat dasturlari amalga oshirilishini monitoring qilish;

- jamoatchilik nazorati va jamoatchilik muhokamalari tadbirlarini oʼtkazish va tashkillashtirishda faol ishtirok etish;

- jamoatchilik nazorati natijalari boʼyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

- islohotlarni jadallashtirish va jamiyat rivojlanishi boʼyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

- islohotlarning asosiy koʼrsatkichlari, mamlakatdagi muhim hodisalar boʼyicha matearillar tayyorlash.

2) Bosh hisobchi:

Talablar:

- oliy maʼlumot (mutaxassislik boʼyicha);

- 1S dasturini bilish va unda ishlay olish;

- bank-mijozlar bilan ishlay olish;

- Oʼzbekiston soliq qonunchiligini bilish;

- mutaxassisligi boʼyicha kamida 5 yillik ish staji;

- rus, oʼzbek tillarini bilish (ingliz tili olqishlanadi);

- toʼliq bandlik (09:00—18:00), besh ish kuni.

Vazifalari:

- buxgalteriya hujjatlarining saqlanishini, ularning rasmiylashtirilishi va belgilangan tartibda arxivga topshirilishini taʼminlash;

- inventarь buyumlarni qabul qilish va chiqarishni rasmiylashtirishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;

- mehnatga haq toʼlash fondining toʼgʼri sarflanishi, ish haqining belgilanishi, shtat, moliyaviy va kassa intizomiga qatʼiy rioya etilishini nazorat qilish;

- pul mablagʼlari inventarizatsiyasi, tovar-materiallar qiymati, asosiy fondlar, hisob-kitoblar va toʼlov majburiyatlariga rioya etilishini nazorat qilish.

Oylik maosh — suhbat asosida (nomzodning bilimi va tajribasiga qarab).

Imkoniyatlar: Harakat jamoasi tomonidan qoʼllab-quvvatlanish, davlat va mintaqaviy darajadagi loyihalarda ishtirok etish, Oʼzbekiston Mehnat kodeksiga muvofiq ishlash, lavozim pogʼonalaridan koʼtarilish.

Nomzodlardan Harakatning elektron manziliga rezyume yuborish soʼraladi: info@yumh.uz (“Boʼsh ish oʼrinlari uchun” sarlavhasi ostida).

Manzil: Toshkent shahri Sh.Rashidov koʼchasi 16-uy (“Poytaxt” biznes markazi, 5-qavat, “Yuksalish” UMH ofisi).