@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati loyihada ishlashga taklif etadi

 2023-04-13 18:00:00   |     Просмотров: 2406

“Aksilkorrupsiya laboratoriyasi” loyihasi doirasida “Akusherlik amaliyotida nohalollik xavfi omillarini baholash” mavzusida tadqiqot o‘tkazish maqsadida “Yuksalish” umummilliy harakati quyidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qiladi:

  • Mahalliy maslahatchi
  • Loyiha koordinatori
  • Loyiha assistenti

Har bir lavozim haqida nomzodlarga qo‘yiladigan vazifalar va talablarning batafsil tavsifi bilan Texnik topshiriqda tanishish mumkin:

Mahalliy konsultant uchun texnik topshiriq

Loyiha koordinatori uchun texnik topshiriq

Loyiha asistenti uchun texnik topshiriq

Loyiha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Loyiha maqsadi — akusherlik amaliyotida (tug‘ruq, kesarcha kesish, abort) korrupsiya va nohalollik xavfini jamoatchilikni jalb qilgan holda milliy miqyosda baholash metodologiyasi va mexanizmini yaratish, bu boradagi tadqiqot natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash, tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni tegishli organlarga taqdim etish.

Loyihaning asosiy mahsuli bu — mavzu bo‘yicha huquqiy va institutsional bazani tahlil qilish, tadqiqot natijalari va aniqlangan korrupsiya xavfini kamaytirish bo‘yicha beriladigan tavsiyalardir.

O'TKAZILISH JOYI: O‘zbekiston Respublikasi
O'TKAZILISH VAQTI: 2023-yil may—dekabr

❗️Rezyumeni info@yumh.uz elektron manziliga 2023-yil 23-aprel soat 23:55dan kechiktirmay, faylni texnik topshiriqda ko‘rsatilgan yo‘riqnomaga muvofiq to‘ldirib, “Antikorrupsiya laboratoriyasi eksperti/koordinatori/assistenti” deb ko‘rsatgan holda yuborishingizni so‘raymiz.