@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

"Yuksalish" harakati moliya menejeri lavozimida ishlash uchun bo'sh ish o'rnini taklif etadi

 2023-07-12 15:25:56   |     Просмотров: 2321

“Yuksalish” umummilliy harakatining ichki moliyaviy nazorati hamda loyihalari doirasida “moliya menejeri” lavozimida ishlash uchun bo‘sh ish o‘rniga mutaxassislar tanlovi e’lon qilanadi.

Moliya menejeri quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi, qo‘shimcha vazifalar ham qo‘shilishi mumkin:

• “Yuksalish” UMH loyihalari doirasida moliyaviy faoliyatni boshqarish va tizimli tahlil qilish;

• “Yuksalish” UMHning bosh ofisi loyihalar bo‘limi, Harakatning viloyat bo‘linmalari, mahalliy maslahatchilar, loyiha donorlari va hamkor tashkilotlar bilan aloqada bo‘lish;

• “Yuksalish” UMHning Toshkent shahridagi bosh ofisi va donorlar oldida doimiy ravishda (oylik, chorak, yarim-yil, va yillik) hisobot berib borish;

• maslahatchilar ishini baholashda ishtirok etish, ular tomonidan tayyorlangan joriy hisobotlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish;

• loyiha ijrochilarining kuzatuv missiyalarida ishtirok etish va tayyorgarlik ko‘rishida ko‘maklashish;

• loyiha ofisida logistika va xo‘jalik faoliyatiga ko‘maklashish.

Nomzodga qo‘yiladigan talabalar:

• iqtisodchi, moliyachi, menejer yoki boshqa tegishli soha bo‘yicha oliy ma’lumot;

• sohada kamida 3 yillik ish tajribasi va halqaro loyihalarda, shu jumladan baholash va monitoringda kamida 2 yillik amaliyot. Xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarda yoki shunga o‘xshash murakkab vazifalarda hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘nalishida ish tajribasi ustunlik beradi;

• loyihani amalga oshirish jarayonlari bilan bog‘liq maxfiy ma’lumotlarni saqlash qobiliyati;

• Kompyuter savodxonligi: Windows (MS Word, Excel, Project va hk.) dasturlarining tajribali foydalanuvchisi bo‘lish;

• Til bilishi: rus tili yoki/va o‘zbek tili va ingliz tili (shart) ishchi til darajasida.

Bandlik: to‘liq

Ish haqi: 18-20 mln so‘m

Ariza berishning so‘nggi muddati: 2023-yil 22-iyul

Rezyumeni info@yumh.uz elektron pochta manziliga “Moliya menejeri lavozimida ishlashga_2023” degan yozuv bilan yuborish so‘raladi.