@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Eng faol NNT”lar va “Oramizdagi qahramonlar” taqdirlandi

 2023-11-17 20:00:00   |     Просмотров: 2315

17-noyabr kuni Toshkentda "Eng faol NNT" nominatsiyasi hamda "Oramizdagi qahramonlar" loyihasining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim 14-noyabrda start olgan Fuqarolik jamiyati haftaligining yakuniy tadbiri bo‘ldi.

Bir necha yildan buyon "Yuksalish" umummilliy harakati O‘zbekiston fuqarolik jamiyati rivojiga hissa qo‘shgan, yil davomida o‘z tashabbuslari, loyihalari bilan faollik ko‘rsatgan nodavlat notijorat tashkilotlarini e’tirof etib kelmoqda. Bu yil ham ushbu an’ana davom etdi.

Maqsad – nodavlat notijorat tashkilotlarining tashabbuslari va eng yaxshi amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ijtimoiy sheriklik asosida ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishda ularning ishtiroki va rolini oshirish orqali fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish.

 

Ta’kidlash kerak, nomzodlarni Harakatning hududiy bo‘linmalari taklif etdi. Maxsus Komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgach, quyidagi mezonlar bo‘yicha tanlab olindi:

- O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki;

- 2022 va 2023-yillarda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni samarali va muvaffaqiyatli amalga oshirganligi;

- davlat tashkilotlari bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yganligi.

Taqdirlangan NNTlar:

  • Nogironlar assotsiatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi
  • Xorazm viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi
  • Xorazm viloyati “Interbilim” ayollar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi
  • “Oydin nur” oilani ijtimoiy, huquqiy himoyalash markazi (Buxoro)
  • “Shijoatli ayol” ijtimoiy himoya va ekologiya markazi (Buxoro)
  • “Saodat sari” ijtimoiy ko‘mak markazi jamoat birlashmasi (Navoiy)
  • “Ziyonur” markazi (Farg‘ona)
  • “Ezgu niyat” markazi (Qo‘qon shahri)
  • “Madad” NNT Marhamat tumani huquqiy maslahat byurosi
  • “Ayol va shodlik” ayollar va yoshlarni ijtimoiy himoya qilish markazi (Surxondaryo)
  • “Barqaror Hayot” Xalqaro ijtimoiy ma’rifat markazi (Surxondaryo)
  • Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamg‘armasining Qashqadaryo viloyatidagi muassasasi
  • Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Oqdaryo tuman muassasasi
  • “Yetakshi” yoshlar markazi (Jizzax)
  • “Ijtimoiy himoya” jamiyati (Namangan)
  • “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Sirdaryo viloyati filiali
  • O‘zbekiston Karlar jamiyati Sirdaryo viloyat hududiy bo‘limi
  • “Tadbirkor ayol ” xalqaro ishbilarmon uyushmasi (Toshkent sh.)
  • O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi
  • “Eko maktab”
  • “Umidvorlik” imkoniyati cheklangan bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash markazi
  • “Ekolog” jamoatchilik birlashmasi
  • “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti

 

“ORAMIZDAGI QAHRAMONLAR” LOYIHASI

"Yuksalish" harakatining ushbu ijtimoiy loyihasi turli hayotiy vaziyatlarda milliy g‘urur uyg‘otadigan, katta-yu kichikka namuna bo‘la oladigan, o‘zini qahramonlarcha namoyon etgan O‘zbekiston fuqarolari, xorijdagi vatandoshlarimiz, turli jamoat tashkilotlari vakillarini e’tirof etishga qaratilgan.

Bu yilgi nomzodlar ham jamiyat manfaatlari uchun yaxshiliklar qilgan, intilishlari natijasida mahallasi, shahri obod bo‘lishiga hissa qo‘shgan, u yoki bu sohada jasorat ko‘rsatgan insonlardir, ya’ni oramizdagi qahramonlardir. Ular o‘z atrofidagilarni ham ana shunday jasoratlar ko‘rsatishga ilhom bag‘ishlaydiganlardir.

Taqdirlangan hamyurtlarimiz:

  • Juzimgul Bekbergenova (Nukus shahri)
  • G‘ulom Hasanov (Karmana tumani)
  • Niso Turdiyeva (Samarqand shahri)
  • Firdavs Ahmedov (Samarqand shahri)
  • Ozodbek Yo‘ldoshev (Chiroqchi tumani)
  • Zulayho Ismoilova (Xovos tumani)
  • Liliya Sevastyanova (Toshkent shahri)
  • Husan Abdurahmonov (Guliston tumani)
  • Saidislombek Abdulqosimzoda (Guliston shahri)
  • Yusufbek Tojiboyev (Qibray tumani)
  • Islom Abayev (Toshkent viloyati)
  • Farruh Choriqulov (Toshkent shahri)
  • Shahzod Mirzaulug‘ov (Toshkent shahri)
  • Alisher Aripov (Toshkent shahri)
  • Atirgul Xolmirzayeva (Toshkent shahri)
  • Zokirjon Abdusattorov (marhum, Jizzax viloyati)
  • "Subyektiv" loyihasi jamoasi
  • "Fikrat" loyihasi jamoasi
  • “Nemolchi” loyihasi jamoasi
  • “Taskin” xospisi jamoasi

Joriy yildagi Fuqarolik jamiyati haftaligi islohotlar jarayonlarining barcha ishtirokchilari uchun konstruktiv muloqot maydoni bo‘lib, ularning sa’y-harakatlarini birlashtirishga, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishga xizmat qildi.

"Yuksalish" umummilliy harakati matbuot xizmati