@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Loyihada ishlash uchun bo'sh ish o'rni e'lon qilinadi

 2024-03-19 11:42:10   |     Просмотров: 1423

“Yuksalish” harakati “Aksilkorrupsiya laboratoriyasi” loyihasi doirasida “Maktabga qabul qilishda korrupsiyani kamaytirish bo'yicha tavsiyalarning bajarilishini baholash” mavzusida tadqiqot o‘tkazish uchun quyidagi lavozim uchun tanlov e’lon qiladi:

  • Mahalliy maslahatchi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va vazifalar bilan batafsil Texnik topshiriqlarda tanishish mumkin.

Mahalliy maslahatchi uchun texnik topshiriq

Loyiha maqsadi – o’quvchilarni maktabning 1-sinfiga qabul qilishda korrupsiya va nohalollik xavfi bo’yicha avvalroq o’tkazilgan tadqiqotning tavsiyalari bajarilishini baholash metodologiyasi va mexanizmini yaratish, yangi tavsiyalar ishlab chiqish va ularni tegishli tashkilotlarga taqdim etish.  Loyihaning asosiy mahsuloti bu – tanlangan mavzuga oid huquqiy va institutsional baza tahlili.

O'TKAZILISH JOYI: O‘zbekiston Respublikasi

O'TKAZILISH VAQTI: 2024-yil mart-sentyabr

Rezyumeni info@yumh.uz elektron manziliga 2024-yil 31-mart soat 23:55 dan kechiktirmay, faylni texnik topshiriqda ko‘rsatilgan yo‘riqnomaga muvofiq to‘ldiring va xabarni “Aksilkorrupsiya laboratoriyasi eksperti”  deb ko‘rsatgan holda yuborishingizni so‘raymiz.

Loyiha “Yuksalish” harakati tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.