@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

O'zbekistonning Olimpiya o'yinlaridagi yutuqlari

 2024-07-17 10:39:49   |     Просмотров: 3996

Sanoqli kunlardan so’ng bu yilgi XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlari Parijda 26 iyul kuni boshlanadi va 11 avgustga qadar davom etadi. 

Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qilinganidek, bu yil 90 nafar sportchidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi sportning 19 turida ishtirok etadi. Bu rekord ko'rsatkich. Vatandoshlarimiz oldida katta miqyosli, qiyin vazifalar turibdi. Sportchilarimiz raqiblar bilan kurashishlari va eng yaxshi natijalarini ko'rsatishlariga ishonch bildiramiz. O‘zbekiston ushbu sport musobaqasida ishtirok etish uchun litsenziyalarni qiyin to‘qnashuvlar natijasida qo‘lga kiritdi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sportchilari ruhiy kuch-quvvat, g‘alaba qozonish va natija uchun mehnat qilish naqadar yuksak marralarga, jahon e’tirofiga olib borishini namoyon etdi. “Yuksalish” harakati o‘tgan yillar davomida Olimpiya o‘yinlarida qatnashib, medallarni qo‘lga kiritib, navqiron avlodga o‘rnak bo‘lgan sportchilar haqida umumiy ma’lumotlarni taqdim etmoqda.

Taqdim etilgan ma’lumotimizda 1994 yildan 2022 yilgacha ajralib turadigan 35 sportchi mavjud. Ular orasida Sidney shaharlarida boks bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan Muhammadqodir Abdullayev ham bor.  Bahodir Jalolov 2020 yili Tokioda boks bo‘yicha va Ulugʼbek Rashitov taekvondo bo‘yicha yozgi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Oksana Chusovitina rekordchiga aylandi va Olimpiya o‘yinlaridagi sakkiz karra ishtiroki uchun Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.

O‘zbekistonlik sportchilar uchun Parijda bo‘lib o‘tadigan XXXIII Olimpiya o‘yinlari ularning sport karerasini yangi bosqichga ko’taradi. O’z g‘alabalarini yana bir karra to’ldiradi. Mamlakatimiz sport salohiyatini jahon miqyosida namoyish etish imkonini beradi, degan umiddamiz.

  • Mamlakatimiz uchun eng muvaffaqiyatli olimpiadalardan biri 2016-yili Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan Olimpiada bo‘ldi. O‘zbekistonlik sportchilar to‘rtta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
  • Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston eng ko‘p ishtirokchilar bilan ishtirok etdi.
  • 2024-yilda O‘zbekiston delegatsiyasi eng ko‘p ayol sportchilar bilan ishtirok etadi, bu ham sportga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi.

     O‘zbekiston delegatsiyasi 1994-2022 yillarda yettita yozgi va sakkizta qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashib, 11 oltin, 6 kumush va 20 bronza medalini qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonning Olimpiya o‘yinlaridagi sport yutuqlari sarhisobida sportchilar uch toifa – “oltin”, “kumush” va “bronza” bo‘yicha taqdim etilgan.

Olimpiya o‘yinlarida shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimiz ro‘yxati:

Oksana Chusovitina - gimnastika. Sportchi Olimpiya o'yinlaridagi sakkiz karra ishtiroki uchun Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Oltin medallar:

1. Lina Cheryazova – erkin uslub

2. Muhammadqodir Abdullaev – boks

3. Artur Taymazov – erkin kurash

4. Aleksandr Dokturishvili – yunon-rum kurashi

5. Xasanboy Do‘smatov – boks

6. Fazliddin G‘oibnazarov – boks

7. Shaxobiddin Zoirov – boks

8. Ruslan Nurudinov – og'ir atletika

9. Bahodir Jalolov – boks

10. Akbar Juraev – og'ir atletika

11. Ulug'bek Rashitov – taekvondo

Kumush medallar:

12. Armen Bagdasarov – dzyudo

13. Magomed Ibragimov – erkin kurash

14. Abdullo Tangriyev – dzyudo

15. Shahram G‘iyosov – boks

16. Bektemir Meliqo'ziev – boks

Bronza medallari:

17. Karim To'laganov – bronza

18. Rustam Saidov – boks

19. Sergey Mixaylov – boks

20. Bahodirjon Sultonov – boks

21. O‘tkirbek Haydarov – boks

22. Anton Fokin – badiiy gimnastika

23. Yekaterina Xilko – trampolin

24. Rishod Sobirov – dzyudo

25. Abbos Atoev – boks

26. Ivan Efremov – og'ir atletika

27. Diyorbek O'rozboev – dzyudo

28. Rustam To‘laganov – boks

29. Murodjon Axmadaliyev – boks

30. Elmurat Tasmuradov – yunon-rum kurashi

31. Ixtiyor Navro‘zov – erkin kurash

32. Davlat Bobonov – dzyudo

33. Bekzod Abdurahmonov – erkin kurash

34. Magomed Ibragimov – erkin kurash