Diqqat, vakansiya!
2024-09-06 12:09:52 |
Просмотров: 1912
"Yuksalish" harakati matbuot kotibi lavozimiga vakansiya e'lon qiladi.
Talab etiladigan ish tajribasi: 1-3 yil.
To‘liq bandlik, to‘liq ish kuni.
Vazifalari:
- Tashkilotning axborot siyosatini shakllantirishda ishtirok etish, matbuot xizmatining ish rejalarini va hisobotlarini tayyorlash;
- Tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
- Axborot makonini doimiy monitoring qilib borish (zarur hollarda munosabat bildirish);
- Press-relizlar, nutqlar tayyorlash hamda ijtimoiy tarmoq sahifalarini yuritish;
- Tashkilotning sayti va axborot kanallari samaradorligini tahlil qilish, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
Talablar:
- Oliy ma’lumot;
- O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish.
- Jurnalistika sohasida ish tajribasi 3 yildan kam bo‘lmasligi (xorijiy tillarni bilishi, matbuot xizmatida ish tajribasi, PR ustunliklarga ega).
Qadriyatlarimiz:
- Mas'uliyat, ishga bo‘lgan ijobiy munosabat, tahliliy va tanqidiy fikrlay olish, katta axborot oqimi bilan ishlay olish qobiliyati, detallarga e’tiborli bo‘lish, tezkorlik, yetakchilik sifatiga ega bo‘lish.
Shart-sharoitlar:
- To‘liq ish kuni (09:00-18:00), haftasiga besh kunlik ish rejimi, xizmat safarlari.
- Maosh — suhbat natijasiga ko‘ra.
O‘zingiz haqingizdagi ma'lumotni harakatning elektron pochtasiga yuborishingizni so‘raymiz: info@yumh.uz (mavzuni "matbuot kotibi vakansiyasi uchun" deb ko‘rsating).
Manzil: Toshkent, Furqat ko‘chasi, 1 uy ("Do‘stlik va NNTlar uyi", 8-qavat).