@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Diqqat, vakansiya!

 2024-11-14 11:31:49   |     Просмотров: 2089

“Yuksalish” harakati dasturlar va hamkorlikni rivojlantirish bo‘limining loyiha menejeri lavozimiga vakansiya ish o‘rnini e'lon qiladi.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • oliy ma'lumot;
  • kamida uch yillik ish staji (ingliz tilini bilish, xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasi, fuqarolik jamiyati yo‘nalishidagi tajriba ustunlik beradi);
  • mas'uliyatlilik, ishga bo‘lgan ijobiy munosabat, katta ma'lumotlar oqimi bilan ishlash ko‘nikmasi (tahlil va umumlashtirish), stressga bardoshlilik, etakchilik qobiliyatlari;
  • to‘liq ish vaqti.

Vazifalar:

  • Harakatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, loyiha takliflar ishlab chiqish;
  • bo‘lim faoliyatini, shu jumladan loyihalarni rejalashtirish va amalga oshirish;
  • turli murakkablikdagi loyihalarni amalga oshirish va jarayonni nazorat qilish, nizolarni hal qilish;
  • jalb qilinuvchi ekspertlar va soha mutaxassislari bilan ishlash, hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni olib borish;
  • loyihalar hamda bo‘lim faoliyatiga oid oraliq va yakuniy hisobotlar tayyorlash.

Oylik maosh – shtat jadvaliga asosan.

Ma'lumotnomalarni harakatning elektron manziliga yuborish so‘raladi: info@yumh.uz (“loyiha menejeri” sarlavhasi ostida).

Manzil: Toshkent shahri, Furkat ko‘chasi 1/1-uy, 8-qavat (“NNTlar uyi” binosida).