@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Jamoatchilik tashabbuslari aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda

 2024-12-25 15:11:57   |     Просмотров: 1873

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida “Yuksalish” harakatining fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan tashabbuslarni umumlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda jamoatchilik loyihalarini ilgari surish taklifi ma'qullangan.

Shunga muvofiq, Harakat tomonidan 2024-yilda 61 ta jamoatchilik loyihasi ilgari surildi. Ularda maktablarda bolalarga qulay o‘qish sharoitlarini yaratish, bolalarning ko‘chalarda xavfsiz harakatini ta'minlashga yordam berish, kambag‘allikni qisqartirishdan tortib, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish kabi masalalar bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

Jumladan, joriy yilning iyul oyida Qarshi shahridagi “Navro‘z” mahallasida yashovchi bir necha faol fuqaroning tashabbuslari ilgari surildi. Ushbu mahallaning “Kuchkakariq” ko‘chasida ichimlik suvi quvuri o‘rnatilgandan so‘ng, ko‘cha yaroqsiz va ta'mirtalab holga kelib qolgan edi.

“Yuksalish” harakatining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan homiylar ko‘magida 150 metr shag‘al to‘kilib, asfalt yotqizishga erishildi.