@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Yana bir tashabbus: Sirdaryoda ekologik muammo bartaraf etildi

 2024-12-26 15:26:39   |     Просмотров: 2193

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida “Yuksalish” harakatining fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan tashabbuslarni umumlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda jamoatchilik loyihalarini ilgari surish taklifi ma'qullangan.

Shunga muvofiq, 2024-yilda Harakat tomonidan 61 ta jamoatchilik loyihasi ilgari surildi va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator dolzarb masalalar hal etildi. 

Xususan, 2024-yil 10-mart kuni Guliston tumani “Sohilobod” mahallasi faollari “Yuksalish” harakatining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasiga murojaat qilib, Sirdaryo qirg‘og‘ida aholining chiqindilarni tashlab ketishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik muammoni hal qilishda yordam so‘rashdi. Har yili ushbu hududga keluvchi dam oluvchilarning turli chiqindilarni tashlab ketishi, atrof-muhitning ifloslanishi va yozda zaharli hidlarning tarqalishi kabi muammolar mavjud bo‘lgan.

2024-yil 28-mart kuni “Yuksalish” harakati tomonidan o‘tkazilgan “Sirdaryo - ona daryo” aksiyasi doirasida 500 metrdan ortiq maydon chiqindilardan tozalandi.

Shuningdek, 2024-yil aprel oyida o‘tkazilgan Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasiga ushbu masala kiritildi. “Sohilobod” mahallasidagi ko‘rsatilgan joyga videokamera o‘rnatilib, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari nazoratiga topshirildi.