@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Xorazm viloyatida jamoatchilik monitoringi natijalari

 2024-12-27 10:48:12   |     Просмотров: 2051

2024-yilning 6-7-may kunlari Xorazm viloyatidagi “Yuksalish” harakatining hududiy bo‘linmasi viloyat hokimligi huzuridagi jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda YoSTZ tashkil etish bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirish holatini monitoring qildi. Ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yildagi № PK-5088-sonli qarori asosida olib borildi. Viloyatda jami 26,6 gektar yer maydoni YoSTZlar uchun ajratilgan.

Bog‘ot tumanida YoSTZ uchun 5 gektar yer ajratilgan. Hozirgi kunga kelib, zonada 18 ta loyiha joylashtirilgan, ammo hech qaysi loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlanmagan. Zona elektr va gaz ta'minoti bilan ta'minlangan, lekin ichimlik suvi va kanalizasiya tizimi mavjud emas. Zonaga olib boruvchi yo‘llar qoniqarsiz holatda.

Qo‘shko‘pir tumanida YoSTZ hududida 4 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ulardan ikkita loyiha tugallanmagan qurilish bosqichida, bittasi esa fundament bosqichida qolmoqda. Zona elektr va gaz ta'minoti bilan ta'minlangan, lekin ichimlik suvi va kanalizasiya tizimi yo‘q, yo‘llar ta'mirtalab.

Xonqa tumanida rejalashtirilgan 31 ta loyihadan faqat bittasi ishga tushirilgan, biri fundament bosqichida, yana biri esa tugallanmagan holatda. Elektr va gaz ta'minoti mavjud, ammo ichimlik suvi va kanalizasiya tizimi yo‘q. Yo‘llar ta'mirlanmagan.

Urganch tumani (Chotko‘pir qishlog‘i) YoSTZ uchun 1 gektar yer ajratilgan bo‘lib, zonada 17 ta loyiha joylashtirilgan. Ularning umumiy qiymati 8,05 milliard so‘mni tashkil qiladi, hozirda 13 ta loyiha amalga oshirilayotgan bo‘lsa, 4 tasi to‘xtatilgan. 108 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Elektr va gaz ta'minoti mavjud, ammo ichimlik suvi va kanalizasiya tizimi yo‘q, yo‘llar ta'mirga muhtoj.

Barcha YoSTZlarda umumiy muammolar mavjud bo‘lib, ular ichimlik suvi va kanalizasiya tizimining yo‘qligi, loyihalarni amalga oshirishda past sur'atlar va infratuzilma yo‘llarining qoniqarsiz holati bilan bog‘liq. Bu omillar zonalarning rivojlanishini jiddiy sustlashtirmoqda.