@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Yoshlar ovozi muhim: Xorazm viloyatidagi muloqot

 2019-06-24 13:37:00   |     Просмотров: 5089

Xorazm viloyatida YuNICEFtashkiloti, “Yuksalish” umummilliy harakati va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida Xorazm viloyati yoshlari va mahalliy hokimiyat organlari vakillariishtirokida maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Ikki kun davom etgan tadbir 14 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan turli tumanlardan saralab olingan 39 nafar yigit-qizlarni qamrab oldi.

Yoshlarga loyiha yozish bo‘yicha bilimlarni shakllantirishga qaratilgan “aqliy hujum”, kichik guruhlarda ishlash kabi mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan treninglar tashkil etildi. Ishtirokchilar atrofdagi tengdoshlarida shijoat uyg‘otish hamda kelajakda o‘z maqsadiga erishish imkonini beruvchi g‘oyalar bilan o‘rtoqlashdilar. Ular muammoni aniqlash, uning asosiy sabablarini belgilab olishdan tortib, ular kabi yoshlarning ehtiyojlarini to‘liq qanoatlantira oladigan innovatsion yechimlar taklif etdilar. 

  • Yoshlar innovatsiyalar va taraqqiyotni ilgari suruvchi kuchdir, — deb hisoblaydiYuNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Ijtimoiy siyosat bo‘lim rahbari Yuliya Oleynik.— Yoshlarga o‘z hayotlariga taalluqli bo‘lgan masalalar yuzasidan nuqtai nazarlarini bayon qilish uchun imkoniyat va maydonlar taqdim etilsa, hukumat va hamjamiyatlar yigit-qizlarni ularga taalluqli masalalarni hal qilishda qo‘llab-quvvatlasalar, yoshlar o‘z hayotlari, oilalari va hamjamiyatlarini yanada takomillashtirishga qodir ekanliklariga, O‘zbekistonning osuda, inklyuziv va barqaror rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkinligiga ishonadilar va bunga harakat qiladilar. Xorazm viloyati rasmiy vakillari va yoshlar o‘rtasidagi bugungi muloqotning maqsadi ham aynan shudir.

Yigit-qizlar trening davomida ishlab chiqqan loyihalarini Xorazm viloyati adminstratsiyasi rahbariyati hamda vazirlik va idoralar vakillari oldida taqdim qildilar. 

Jumladan, ishtirokchilar tomonidan avtobus bekatlari, aeroport, temir yo‘l vokzallari va uzoq masofaga qatnovchi poyezd vagonlarida kitob burchaklari va kichik kutubxonalarni tashkil etish orqali kitob o‘qishni ommalashtirishni taklif qildilar. Ushbu loyiha Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘linmasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 

Yana bir dolzarb loyiha — hududiy OTM qoshida karera markazilarini tashkil qilish. Xorazm viloyati ish bilan ta’minlash boshqarmasi vakillari Urganch davlat universiteti negizida yangi o‘quv yilidan boshlab eksperiment tariqasida talabalar va mehnat bozori o‘rtasidagi munosabatlarni yaqinlashtirish maqsadida eksperiment tariqasida shunday markaz tashkil etishga tayyorliklarini bildirdilar.

Hududdagi rasmiylar shuningdek, o‘smirlarning ota-onalari uchun psixologik yordam klublarini tashkil etish, ko‘ngillilik madaniyatini mustahkamlash va dam olish uchun qo‘shimcha joylar tashkil etishda yordam berishni rejalashtirmoqdalar. 

— Ushbu muloqot yoshlar uchun hukumat vakillari bilan fikr va takliflar bilan bo‘lishish, tashabbuslarni manfaatdor tomonlar uchun konstruktiv shakllantirish va taqdim etish ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun haqiqiy imkoniyat bo‘ldi, — deydi “Yuksalish” umumilliy harakati raisi Akmal Burxanov. 

— Tashkilotimizning asosiy vazifalaridan biri bu — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning sa’y-harakatlari va kuchlarini safarbar etishga qaratilgan. Ơylaymizki, hamkorlikdagi ushbu loyiha yurtimizdagi iqtidorli yoshlarning fikrlarini ơrganishga, eng yaxshi takliflarni esa kelgusida respublika darajasida tadbiq etishga xizmat qiladi.

Ikki kun davom etgan muloqot yakunida ishtirokchilarning barcha takliflari umumlashtirilib, mahalliy hokimiyat, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillariga kelgusi faoliyatlarida foydalanish uchun taqdim etildi.

  “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati