Yil yakunlari: Namanganda qanday ishlar amalga oshirildi?
“Yuksalish” harakatiga viloyatdagi faol fuqarolardan 2343 nafari a’zolikka qabul qilindi. Shuningdek, hududiy bo‘linma tomonidan jami 66 ta tadbir o‘tkazildi. Jumladan:
41 ta jamoatchilik monitoringi;
3 ta jamoatchilik eshituvi;
8 ta aksiya;
9 ta jamoatchilik muhokamasi;
1 ta ochiq muloqot;
1 ta muhokama yig‘ilishi.
Bundan tashqari, Namangan viloyati umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarida “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” deb nomlangan jamoaviy so‘rovnoma o‘tkazildi.
2 ta jamoaviy murojaat ko‘rib chiqilgan va hal etilgan bo‘lib, biri Yangiqo‘rg‘on tumani “Qizilyozi” MFY oilaviy shifokorlik punkti qoshida kunduzgi statsionar xizmatini tashkil etish, ikkinchisi Yangi Namangan tumani “Oromgoh” MFY hududidagi chiqindixonalarni tartibga keltirishdan iborat edi.