Yil yakunlari: Surxondaryo viloyati
“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasiga yanvar – dekabr oylari davomida 2324 ta fuqaro a'zo bo‘ldi.
2024-yilda jami 67 ta tadbir tashkillashtirilgan bo‘lib, shundan: 34 ta jamoatchilik monitoring o‘rganishi, 16 ta jamoatchilik loyihasi, 6 ta aksiya, 1 ta seminar-trening, 7 ta jamoatchilik muhokamasi va 3 ta jamoatchilik eshituvi tashkil etilgan.
O‘zbekiston-2030 strategiyasi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi yuzasidan NNtlar uyida hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi majlislar zalida 3 ta jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilib, 99 ta taklif yig‘ib olindi. Jamoatchilik.uz platformasiga loyiha yuzasidan hududiy bo‘linma tashabbusi bilan 99 ta taklif kiritildi.
O‘zbekiston-2030 strategiyasi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish, Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, kasalliklarni erta aniqlash, kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hamda Respublikadagi ko‘p kvartirali uylarning markazlashgan issiqlik ta'minoti tizimini rivojlantirish, energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish va energiya samaradorligini oshirish masalalarida 3 marta jamoatchilik eshituvlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoniga asosan, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan tashabbuslarni umumlashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda jamoatchilik loyihalarini amalga oshirish “Yuksalish” harakatining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan bo‘lib, bir qancha jamoatchilik loyihalari ilgari surildi. Jumladan, Termiz shahar “Shodlik” MFYda istiqomat qiluvchi aholi nomidan 4-sonli oilaviy poliklinikaga borishda jamoat transporti qo‘yilmaganligi sababli noqulayliklar yuzaga kelayotgani bo‘yicha “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyat hududiy bo‘linma raisi G.Amirovaga murojaat kelib tushgan. Murojaat bo‘yicha viloyat transport boshqarmasiga so‘rov chiqarilib, Termiz shahri bo‘ylab yangi jamoat transporti qo‘yilishiga erishildi.
Termiz shahar “Guliston” mahallasi fuqarolari murojaatiga muvofiq, mahalla hududidan o‘tuvchi Yangi O‘zbekiston va Fidokor ko‘chalari tutashmasida harakat ishtirokchilarining harakatini tartibga solish hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish, kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida hududga svetofor qurilmasi o‘rnatildi.
Termiz shahar “Guliston” MFYda 13194 (o‘n uch ming bir yuz to‘qson to‘rt) fuqaro istiqomat qiladi va shundan 5130 (besh ming bir yuz o‘ttiz) nafarini yoshlar tashkil etadi. Faollar taklifi asosida mahalla binosida kutubxona tashkil qilindi va homiy tadbirkor jalb qilinib, badiiy adabiyotlar va stol-stul, kitob javonlari bilan to‘ldirildi.
Termiz shahar “Guliston” mahallasi fuqarolari Islom Karimov va Fidokor ko‘chalari kesishmasida Termiz shahar 17-maktab joylashgani va surunkali yo‘l transport hodisalari oqibatida bu joyda bir nechta fuqaro tan jarohati olayotgani sababli chorrahani tartibga solish maqsadida svetofor qurilmasini o‘rnatishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. Murojaat tegishli tartibda hal qilinib, svetofor qurilmasi o‘rnatildi.
Qiziriq tumani “Zarabod” MFYda 3246 nafar aholi nomidan hududiy bo‘linma rahbari nomiga yozilgan iltimosnoma asosida “Mustaqillik” ko‘chasida bir qancha vaqtdan beri to‘planib qolgan chiqindilar olib ketilib tozalandi.
Angor tumani “Gulzor” va “Qorasuv” mahallari hududidan o‘tuvchi m-39 avtomobil yo‘lining 1424-kilometrida piyodalar va harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida aholidan tushgan murojaat asosida svetofor qurilmasi qo‘yilishiga erishildi.
Termiz shahar “Guliston” MFY Fidokor ko‘chasida 2018-yilda qurib topshirilgan va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga berilgan 1-18-uylarning kirish eshiklari, bolalar maydonchasi va hovli qismida joylashgan o‘rindiqlarni ta'mirlash bo‘yicha murojaat qilingandi. Murojaatlar tegishli tartibda xal qilindi.
“Yuksalish” harkati viloyat hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan “Bir million daraxt” aksiyasi doirasida Termiz shahridagi “Pattakesar” va “Bog‘zor” mahallasi hududiga 195 dan ortiq manzarali ko‘chat ekildi. Ekilgan manzarali daraxtlar mahalla raisi va faollariga biriktirildi.
Joriy yilning 14-mart kuni “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “Bir million daraxt” aksiyasi doirasida Qiziriq tumani “Yangiobod” mahallasi 2 ta hududiga manzarali ko‘chatlar ekildi.
“Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida turkum tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, haftalik doirasida 2 dekabr kuni Surxondaryo viloyati qon quyish stansiyasi bilan hamkorlikda murakkab operasiyalardan so‘ng, og‘ir jarohatlar yoki saraton kasalligiga chalingan va qon quyishga juda muhtoj bo‘lgan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Biz donormiz” shiori ostida qon topshirish aksiyasi o‘tkazildi. Mazkur aksiyada viloyat Favqulodda vaziyatlar, Milliy Gvardiya boshqarmasi xodimlari va tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi. Mazkur aksiyada 41 450 litr qon yig‘ildi.
4-dekabr kuni Surxondaryo viloyatidan saylangan Oliy Majlis Senat a'zosi Dilbar Suvonova ishtirokida “Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini kuchaytirish hamda samaradorlikni oshirishga qaratildi. Tadbirda davlat va NNTlar o‘rtasida ijtimoiy loyihalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
4-dekabr kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi raisi Abduraim Choriev Ravshanovich ishtirokida “Ijtimoiy buyurtmalarni berish tartibi va amaliyoti” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – ijtimoiy buyurtmalarni joriy etish tartibi bo‘yicha amaliyotni tahlil qilish, uning ijtimoiy ahamiyatini oshirishdan iborat bo‘lib, davlat idoralari va NNT o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari kelishib olindi.