@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Sarhisob: Andijon viloyat hududiy bo‘linmasi faoliyati

 2025-01-03 08:38:00   |     Просмотров: 1090

2024-yilgi davlat dasturi loyihasi yuzasidan jamoatchilik.uz platformasiga Andijon viloyatidan 120 ta taklif kiritildi.

 “Yuksalish” harakati Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jami 8 marotaba aksiya, 2 marotaba uchrashuv o‘tkazildi.

Jumladan, “Notariuslardan bepul huquqiy bilimlar” aksiyasi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi, “Biz-donormiz” xayriya aksiyasi, “Chiqindisiz tabiat” eko aksiyasi tashkil etildi.

Shuningdek, “Aholi murojaatlari bilan ishlashda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘rni va roli”, “Aralash saylov tizimi: xorijiy tajriba va milliy yondashuv” mavzusida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Harakat tomonidan 2024-yil davomida turli mavzularda 6 ta (1 ta hududiy bo‘linma tashabbusi bilan) ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.

Jumladan, quyidagi mavzular qamrab olindi:

-  Nosog‘lom xorijiy tashviqot (propaganda)ga qarshi kurashish;

-  Respublikaning barcha hududlarida jamoat transportining ish sifatini o‘rganish;

- Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish;

- Respublika miqyosida “Yoshlar va ish beruvchilar”;

- Ipoteka uchun subsidiya olish jarayonida ishtirok etganmisiz?;

- Viloyatdagi korrupsiya darajasini baholash va uni yuzaga kelish sabablari va shartlarini aniqlash.

Hududiy bo‘linma tomonidan 2024-yil davomida jami 32 marotaba jamoatchilik monitoring tadbirlari davomida jami 150 dan ortiq turli xil ob'ekt o‘rganildi.

Jumladan:

-         Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 5 ta;

-         Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bo‘yicha 2 ta;

-         Yoshlar va aholini bandligini ta'minlash bo‘yicha 2 ta;

-         Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha 2 ta;

-         Maktabgacha va maktab ta'limi yo‘nalishida 4 ta

-         Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida 3 ta

-         Chorvachilik yo‘nalishida 1 ta

-         Sog‘liqni saqlash yo‘nalishida 2 ta

-         Turizmni rivojlantirish yo‘nalishida 1 ta

-         Tadbirkorlik yo‘nalishida 2 ta

-         Jamoat transporti bo‘yicha 1 ta

-         “Tashabbusli byudjet” loyihalari bo‘yicha 1 ta 

-         Ichki hamda umumiy foydalanish yo‘llarini ta'mirlash bo‘yicha 1 ta

-         Ko‘p qavatli aholi xonadonlariga lift uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha 1 ta

-         Boshqa masalalar - 4 ta.

Shuningdek, davlat dasturi va hududiy dasturlarga kiritilgan loyihalar yuzasidan o‘tkazilgan 5 ta jamoatchilik monitoringi yakunlari yuzasidan viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov nomiga tahliliy ma'lumot kiritilib, mavjud kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilishiga erishildi.

Jumladan:

- Atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini kamaytirish;

- Yangi maktablarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish hamda ularga zaruriy shart-sharoitlar yaratish;

- Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish;

- Oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokorlik punktlarini tashkil etish hamda raqamlashtirish;

- Respublika aholisining ichimlik suv ta'minoti darajasini oshirish.

“Yuksalish” harakati hududiy bo‘linmasi hamda “Hamroh” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi ko‘magida Andijon davlat universiteti o‘qituvchi hamda talabalaridan tashkil topgan “Yuridik klinika” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

“Yuridik klinika” loyihasi doirasida viloyatda tanlab olingan 3 ta tumanda 1458 nafar fuqaro, ayniqsa, yoshlar huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida 5 marotaba seminar trening tashkil etildi.