@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

19-fevraldan 25-fevralgacha butun mamlakat bo'ylab “Biz — donormiz!” aksiyasi o‘tkaziladi!

 2025-02-05 11:02:29   |     Просмотров: 3062

“Yuksalish” harakati hududiy qon quyish markazlari bilan hamkorlikda “Biz — donormiz!” respublika aksiyasi boshlanganini e'lon qiladi. Aksiya 19-fevraldan 25-fevralgacha mamlakatning 14 ta hududida o‘tkaziladi.

Donor qoni har kuni qiyin ahvolga tushgan insonlar: og‘ir jarohat olgan bemorlar, YTH jabrlanuvchilari, onkologik kasalliklar va boshqa ko‘plab tashxislar tufayli qon quyish zarur bo‘lganlar hayotini saqlab qoladi. Qon zaxiralari muntazam yangilanib turishi kerak, shunda har qanday vaziyatda yordamga muhtojlarga ko‘mak berilishi mumkin.

O‘tgan yili “Biz — donormiz!” aksiyasi doirasida butun mamlakat bo‘ylab 700 litr qon to‘plashga muvaffaq bo‘lindi. Bu – hayoti xavf ostida bo‘lgan insonlarga yordam qo‘lini cho‘zgan yuzlab ko‘ngillilar hissasi.

Kimlar donor bo‘la oladi?

Aksiyada 18 yoshga to‘lgan va tibbiy tomondan cheklovlari bo‘lmagan har qanday fuqaro ishtirok eta oladi. Qon topshirishdan oldin shifokorlar tomonidan majburiy tekshiruv o‘tkaziladi, bu esa donorlikning sog‘lig‘ingiz uchun xavfsizligini ta'minlashga yordam beradi.

Kimlarga qon topshirish mumkin emas?

Donorlik bo‘yicha nisbiy (vaziyatga qarab vaqtinchalik taqiqlar) va mutlaq (donorni doimiy ravishda donorlikdan chetlashtirish) cheklovlar mavjud. Ular bilan Respublika qon quyish markazining saytida tanishishingiz mumkin.

Qon topshirishga qanday tayyorlanish kerak?

• Qon topshirishdan bir necha kun oldin yog‘li, qovurilgan va achchiq taomlardan saqlanish tavsiya etiladi.

• Qon topshirishdan kamida 48 soat oldin spirtli ichimliklar ichmaslik kerak.

• Qon topshirish kuni yaxshi uxlash va yengil nonushta qilish muhim.

• Protsedura oldidan va keyin ikki soat davomida chekishdan saqlaning.

“Biz — donormiz!” aksiyasiga qo‘shiling va bir insonning mushkulini yengil qilishga ko‘maklashing! Agar Toshkentda bo‘lsangiz, 25-fevral kuni 9:30 dan 13:00 gacha Furqat ko‘chasi 1/1 manzilidagi NNT uyida kutib qolamiz.

Aksiyaning o‘tkazilish joylari, vaqti hamda sanalari bilan quyidagi jadval orqali tanishishingiz mumkin:

 

“BIZ – DONORMIZ!” AKSIYASINI
O'TKAZISH JADVALI
(2025-yil 19-25-fevral)

 

№

Hudud

Sana

Vaqt

O'tkazilish joyi

1.

Andijon viloyati 

20-fevral

10:00-13:00

Lokatsiya:

Andijon viloyati qon quyish markazi

https://maps.app.goo.gl/9GAVpUvCVMPdgTQr5 

2.

Farg'ona viloyati

19-20- fevral

10:00-13:00

Lokatsiya:

19.02 Farg‘ona shahar “NNTlar uyi” binosi
https://maps.google.com/maps?q=40.389805,71.764805&ll=40.389805,71.764805&z=16 

20.02
Farg‘ona viloyati qon quyish markazi

https://maps.windows.com/?form=WNAMSH&collection=point.40.382591_71.809115_Point

3.

Buxoro viloyati

19-fevral










 

20-fevral

09:00-13:00











 

09:00-13:00

Lokatsiya:

Buxoro viloyati qon quyish stansiyasi https://maps.app.goo.gl/dtWoKWeTRmZmoUg98 

4.

Xorazm viloyati

20-fevral

09.00-13:00

Lokatsiya: Xorazm viloyati qon quyish markazi

https://maps.app.goo.gl/7TjcExDkck5k8ceS7


 

5.

Sirdaryo viloyati

20-fevral

09.00-12:00

Lokatsiya: Sirdaryo qon quyish markazi

https://yandex.uz/maps/21605/gulistan/?ll=68.773928%2C40.504932&mode=search&oid=42027703615&ol=biz&z=15

6.

Surxondaryo viloyati

20-fevral

09.00-13:00

Lokatsiya: Surxondaryo viloyat qon quyish stansiyasi

https://yandex.uz/maps/org/11192001296/?ll=67.279494%2C37.226253&z=15 

7.

Namangan viloyati

20-fevral

09:00-14:00

Lokatsiya: Namangan viloyati qon quyish markazi

https://maps.app.goo.gl/cWMsCJm6RA24hYQU6 

8.

Samarqand viloyati

20-fevral

10.00-13:00

Lokatsiya: Samarqand qon quyish markazi

https://maps.google.com/maps?q=39.665534,66.942072&ll=39.665534,66.942072&z=16

Samarqand viloyati Urgut tumani “Ukrach” MFY: https://maps.app.goo.gl/V27tPHyZZPpiySbj7

Samarqand viloyati Urgut tumani “Sovgon” MFY
https://maps.google.com/maps?q=39.481569,67.092738&ll=39.481569,67.092738&z=16

Samarqand viloyati Urgut tumani “Taroqli” MFY
https://maps.google.com/maps?q=39.497239,67.078151&ll=39.497239,67.078151&z=16

 

 

9.

Qoraqalpog'iston Respublikasi

20-fevral

10.00-13:00

Lokatsiya:

Qoraqalpog'iston Respublikasi qon quyish markazi https://maps.app.goo.gl/tyYT14q3qLCvhTGd9

 

10.

Navoiy viloyati

20-fevral


 

09.00-13:00

Lokatsiya: Navoiy viloyati qon quyish stansiyasi https://www.google.com/maps?q=40.094323,65.384395&ll=40.094323,65.384395&z=16 

11.

Toshkent viloyati

20-fevral

09.00-13:00

Lokatsiya: Toshkent viloyati qon quyish markazi

https://maps.app.goo.gl/HLUh4y5t8Vobw2AB8 

12.

Jizzax viloyati

 

24-fevral

09:00-13:00

Lokatsiya: Jizzax viloyati qon quyish markazi

https://maps.google.com/maps?q=40.128409,67.832158&ll=40.128409,67.832158&z=16

13.

Qashqadaryo viloyati

25-fevral

09.00-16:00

Lokatsiya: Qashqadaryo viloyati qon quyish markazi

https://yandex.ru/maps/org/232897878425?si=kk24a4vcf4ycfnpny9jqm3b8v4 

14.

Toshkent shahar

25-fevral

9:30-13:00

Lokatsiya: NNTlar uyi. Furqat ko‘chasi 1/1

https://maps.windows.com/?form=WNAMSH&collection=point.41.312621_69.240508_Point