Diqqat, ish bor! “Yuksalish” harakati malakali veb-dizaynerlarni shartnoma asosida ishlashga taklif qiladi.
2025-01-10 09:31:00 |
Просмотров: 655
Nomzodlar uchun talablar:
- Figma dasturidan foydalana olish, Auto Layout, Variants, Prototyping funksiyalarini bilish;
- admin-panellar va tizimlar dizaynida tajriba ega bo‘lish;
- moslashuvchan va mobil dizayn prinsiplari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish;
- ishga kreativ yondashuv va tizimlilik;
- Frontend bilan ishlash tajribasi, cheklovlar va imkoniyatlarni tushunish;
- HTML/CSS bo‘yicha asosiy bilimlar — qo‘shimcha ustunlik.
Vazifalar:
Admin-panellar, shaxsiy kabinetlar, ichki boshqaruv tizimlari, rasmiy veb-sayt va ilovalarni loyihalash va ishlab chiqish.
Biz qadrlaymiz:
• mas'uliyat, ishga ijobiy munosabat, tahliliy va tanqidiy fikrlash, katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash qobiliyati, detallarga e'tibor, tezkorlik, liderlik fazilatlari.
Sharoitlar:
- Masofadan ishlash va qisman bandlik.
- Maosh suhbat natijalariga ko'ra belgilanadi.
Aloqa: rezyume, kontakt ma'lumotlari va xizmatlar prays-listini Harakatning elektron manziliga yuborishingizni so'raymiz: info@yuksalish.org.