@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

VAKANSIYA: Xalqaro hamkorlik bo‘yicha mutaxassis

 2025-06-26 16:25:03   |     Просмотров: 2253

“Yuksalish” harakati Xalqaro hamkorlik bo‘yicha mutaxassis lavozimiga nomzodlar tanlovini e'lon qiladi. Biz xalqaro loyihalar, diplomatik munosabatlar va jamoatchilik bilan ishlash sohalarida tajribaga ega faol, ilg‘or va mas'uliyatli mutaxassis izlayapmiz.

Asosiy vazifalar:

•           Xalqaro tashkilotlar, diplomatik missiyalar va donorlar bilan hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish;

•           Hamkorlikdagi loyihalar, xalqaro tadbirlar va xizmat safarlarini rejalashtirish va amalga oshirish;

•           Tahliliy ma'lumotlar, rasmiy xatlar va loyiha takliflarini ingliz va o‘zbek tillarida tayyorlash;

•           “Yuksalish” harakatini xalqaro guruhlar va forumlarda munosib ravishda taqdim etish;

•           Harakatning xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

1.         Kamida 3 yillik ish tajribasi — xalqaro tashkilotlar, loyihalar yoki davlat/NNT strukturalarining xalqaro aloqalar sohasida;

2.         Ingliz tilini mukammal bilish (yozma va og‘zaki); rus va boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi;

3.         Yuqori ish sur'ati va tig‘iz ish grafigi hamda xizmat safarlariga tayyor bo‘lish;

4.         Raqamli tahlil, muloqot va muzokara olib borish ko‘nikmalari;

5.         Fuqarolik jamiyati, islohotlar va innovasiyaga sadoqat.

Ariza berish tartibi:

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni ingliz tilida taqdim etishi kerak:

•           Tarjimayi hol (CV) — ko‘pi bilan 2 bet

•           Motivasiya xati — shaxsiy qiziqish va tajriba asosida (1 betgacha)

Hujjatlarni yuborish manzili: info@yuksalish.org; info@yumh.uz

Arizalar 2025-yil 5-iyulgacha qabul qilinadi.