@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

"Yuksalish" GIZ bilan hamkorlikda NNTlar uchun ijtimoiy loyihalarni yoritish bo‘yicha trening o‘tkazdi

 2025-11-12 16:06:30   |     Просмотров: 1536

Germaniyaning Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) tashkiloti hamkorligida amalga oshirilayotgan Good Governance in Uzbekistan dasturi doirasida mamlakatimizning chekka hududlarida yashovchi fuqarolarning davlat xizmatlari bo‘yicha xabardorligini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar uchun kichik grantlar ajratildi.

Ushbu tashabbus fuqarolarning kundalik hayotini yengillashtirish, ularning muammolarini tizimli tarzda hal etish va ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Dastur doirasida shuningdek, Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridagi ikki NNT uchun amaliy trening tashkil etildi.

Trening davomida ishtirokchilar muvaffaqiyat hikoyasini yozish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashdi, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish, benefitsiarlardan ma’lumot olishning etik tamoyillari, hamda o‘z loyihalari ta’sirini samarali yoritish uslublarini o‘rganishdi.

Trening yakunida har ikki tashkilot o‘z loyihasiga asoslangan muvaffaqiyat hikoyasini taqdim etib, dastur doirasida erishilgan natijalarni ilhomlantiruvchi misollar orqali namoyon qildilar.