@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati NNTlar uchun maslahat uchrashuvlarini boshladi

 2025-12-29 11:54:56   |     Просмотров: 1365

“Yuksalish” harakati Germaniyaning Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) tashkiloti bilan hamkorlikda, “Good Governance Program in Uzbekistan” dasturi doirasida aholining davlat raqamli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyiha doirasida Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridagi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun maslahat uchrashuvlarini tashkil etmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Farg‘ona viloyatining “Yuksak salohiyat” hamda Samarqand viloyatining “Rahmdillik” NNTlari uchun 2025-yil dekabr — 2026-yil yanvar oylarida qator mavzular bo‘yicha maslahat uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Maslahat uchrashuvlari quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

  • loyihani amalga oshirish jarayonida davlat idoralari bilan o‘zaro hamkorlik;

  • hamkorlar bilan samarali muzokaralar olib borish;

  • ommaviy axborot vositalari bilan ishlash;

  • monitoring va baholash;

  • dastur va moliyaviy hisobotlarni yuritish, jumladan soliq hisobotlari;

  • benefitsiarlar ma’lumotlar bazasini yuritish;

  • so‘rovnoma o‘tkazish va natijalarni tahlil qilish.

23-dekabr kuni Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan navbatdagi onlayn uchrashuvda ishtirokchilar dastur va moliyaviy hisobotlarni yuritish (soliq hisobotlari) bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirdilar.

Ma’lumot uchun, loyiha doirasida loyiha guruhlari uchun haftasiga ikki marotaba Zoom platformasi orqali muntazam maslahatlashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Uchrashuvlar NNTlarning institutsional salohiyatini mustahkamlash va loyihalarni samarali amalga oshirishga ko‘maklashishga qaratilgan.