@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Fuqarolik jamiyati rivoji yo‘lida: Nukusda mintaqaviy forum o‘tkazildi

 2026-01-19 15:45:23   |     Просмотров: 1319

15–16-yanvar kunlari Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fuqarolik jamiyati tashkilotlari forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Yuksalish” harakati va Konrad Adenauer jamg‘armasi hamkorligida tashkil etildi.

Forum Qoraqalpog‘istonda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining institutsional salohiyatini mustahkamlash, yoshlar va ayollar bilan bog‘liq mahalliy muammolarni hal etishdagi rolini kuchaytirish hamda davlat idoralari, universitetlar va NNTlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.

Ikki kun davomida ishtirokchilar fuqarolik jamiyati faoliyatining qonunchilik asoslari, media savodxonligi, samarali kontent yaratish, davlat va donorlar bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi muvaffaqiyatli tashabbuslar taqdim etildi.

Forum yakunida hududda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Nukus tavsiyalari” ishlab chiqildi va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.