@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Tadbirlar oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar diqqatiga!

 2026-01-20 17:03:00   |     Просмотров: 535

“Yuksalish” harakati tadbir uchun tarqatma materiallarni tayyorlash boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarni jalb qilish maqsadida tender eʼlon qiladi.

Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan Konrad Adenauer jamg‘armasining O’zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — “Yuksalish” harakati bilan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tadbirlarda foydalanish uchun tarqatma materiallarni tayyorlash rejalashrilgan.

Tarqatma materiallar turlari va soni hamda sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablar quyidagi havolada keltirilgan: [Havola]

Ushbu xizmatlarni koʻrsatish istagida boʻlgan tashkilotlar texnik talablarga javob beradigan tijorat takliflarini info@yuksalish.org va lutfiddinov@yuksalish.org elektron pochta manzillariga yuborishlari mumkin.

Takliflar 2026-yil 25-yanvarga qadar qabul qilinadi.