@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Bir million daraxt” qo‘shma eko-aksiyasi doirasida navbatdagi ko‘kalamzorlashtirish tadbiri o‘tkazildi

 2026-03-30 10:42:19   |     Просмотров: 1357

“Yuksalish” harakati tomonidan 2019-yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan “Bir million daraxt” aksiyasi mamlakat bo‘ylab ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish hamda jamiyatda tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga xizmat qilib kelmoqda. Shu vaqtga qadar aksiya doirasida 4 millionga yaqin ko‘chat va butalar ekildi.

Ma’lumot uchun, 2026-yil 27-mart kuni ham aksiya doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom ettirilib, Toshkent shahridagi 100-sonli umumta’lim maktabi hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hududida daraxt ko‘chatlari ekilgan edi.

28-mart kuni Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita hududida navbatdagi qo‘shma eko-aksiya tashkil etildi. Tadbirda qo‘mita, “Summit Motors Central Asia” (Toyota) xorijiy korxonasi hamda “Yuksalish” harakati vakillari, shuningdek, jamoatchilik, ko‘ngillilar va hamkor tashkilotlar faol ishtirok etdilar.

Aksiya davomida hudud ko‘kalamzorlashtirilib, ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda 9 xil navdagi 100 dan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, mehmonlar uchun Milliy madaniy markazlar paviloniga ekskursiya tashkil etildi. Tadbirning muhim qismi sifatida tashkilotlar rahbarlari tomonidan biznes, davlat va fuqarolik jamiyati hamkorligini ifodalovchi ramziy “Do‘stlik daraxti” ekildi. Ushbu tashabbus turli sektorlar o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.

Shuningdek, tadbir doirasida esdalik belgisi o‘rnatildi hamda ishtirokchilar umumiy fotosuratga tushdilar. “Yuksalish” harakati raisi Bobur Bekmurodov tomonidan “Yashil makon” tashabbusi doirasida ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlagani va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qo‘shgan hissasi uchun “Summit Motors Central Asia”MCHJ XK (Toyota Central Asia) vakiliga minnatdorlik sertifikati topshirildi.

Shu bilan birga, aksiya jarayonida faol ishtirok etgan yosh volontyorlar ham sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Endilikda ekilgan daraxt ko‘chatlariga Qo‘mita tomonidan munosib va muntazam parvarish ko‘rsatilishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur aksiya hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bilan birga jamiyatda ekologik ongni oshirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda yashil va toza tabiat uchun mustahkam asos yaratishga xizmat qilmoqda.

Yaqin kunlarda aksiya doirasida bahorgi mavsumda respublika bo‘ylab amalga oshirilgan keng ko‘lamli tadbirlar, hududlar kesimidagi natijalar hamda ekilgan daraxtlar soni va turlari bo‘yicha batafsil tahliliy maqolamizni taqdim etamiz