@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati va Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 2026-04-09 14:46:08   |     Просмотров: 1191

2026-yil 8-aprel kuni bo‘lib o‘tgan tadbir davomida “Yuksalish” harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi qo‘mita raisi Bobur Bekmurodov va Green University rektori Baxtiyor Po‘latov marosim ishtirokchilariga o‘rnatilgan hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Bobur Bekmurodov ekologiya sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hamkorlikning muhimligini qayd etdi.

Baxtiyor Po‘latov esa o‘z nutqida ekologik barqarorlik, iqlim o‘zgarishiga moslashish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning ahamiyatini ta’kidladi.

Tadbir yakunida ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ekologiya, iqlim o‘zgarishi, ilmiy tadqiqotlar, ta’lim va jamoatchilik bilan ishlash yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

“Yuksalish” harakati matbuot xizmati