@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Biz — donormiz!” aksiyasi davom etmoqda

 2026-05-08 19:00:21   |     Просмотров: 970

“Yuksalish” harakati shu yilning 15-maydan 10-iyun sanasiga qadar respublika bo‘ylab navbatdagi “Biz — donormiz!” xayriya aksiyasini o‘tkazadi.

Aksiya doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida qon topshirish tadbirlari tashkil etilib, fuqarolar donorlik orqali inson hayotini saqlab qolishdek ezgu tashabbusga hissa qo‘shishlari mumkin bo‘ladi.

O‘tgan yili aksiya doirasida butun mamlakat bo‘ylab mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etib, jami 387,2 litr donorlik qoni to‘plangan edi. Bu safar ham yurtdoshlarimizni ezgu tashabbusda faol qatnashishga chorlaymiz.

Ma’lumki, donorlik qoni murakkab operatsiyalarni boshdan kechirayotgan bemorlar, og‘ir jarohat olganlar, onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan insonlar hamda qon quyishga muhtoj bo‘lgan minglab bemorlar hayotini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega. 

Aksiya davomida yig‘ilgan qon zaxiralari tibbiyot muassasalarining ehtiyojmand bemorlarga tezkor va samarali yordam ko‘rsatish imkoniyatini oshiradi. Shu bilan birga, ushbu tashabbus jamiyatda o‘zaro yordam, mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyat madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Aksiyada 18 yoshdan oshgan, tibbiy qarshi ko‘rsatmalarga ega bo‘lmagan barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Har bir donor qon topshirishdan avval majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Respublika bo‘ylab qon topshirish manzillari va sanalari bilan quyidagi jadval orqali tanishing:

 

№ Hudud Sana Vaqt O‘tkazilish joyi, manzil (lokatsiya)
1 Toshkent shahar 15 may 09-30 “Yo‘lqurilish”
Xaritada ko‘rish
2 Jizzax viloyati 22 may 09:00 Jizzax viloyat qon quyish markazi
Xaritada ko‘rish
3 Andijon viloyati 22 may 09:30 Andijon viloyati Qon quyish markazi (kelishuv asosida)
Xaritada ko‘rish
4 Sirdaryo viloyati 20 may 09-30 Sirdaryo viloyati Qon quyish markazi
Xaritada ko‘rish
5 Namangan viloyati 22 may 09-30 Namangan viloyati Qon quyish markazi
Xaritada ko‘rish
6 Samarqand viloyati 22 may 10:00 Samarqand viloyati qon quysh markazi
Xaritada ko‘rish
7 Farg‘ona viloyati 20 may 10:00 Farg‘ona viloyati Qon quyish markazi (kelishuv asosida). Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi
8 Qoraqalpog‘iston Respublikasi 21 may 10:00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qon quyish stansiyasi
Xaritada ko‘rish
9 Navoiy viloyati 15 may
20 may
09:00
09:00
Navoiy shahridagi 20022 harbiy qism. Navoiy viloyati qon quyish stansiyasi binosi
Xaritada ko‘rish
10 Toshkent viloyati 20 may 10:00 Toshkent viloyat qon quyish markazi
Xaritada ko‘rish
11 Qashqadaryo viloyati 19 may 10:00 Qashqadaryo viloyati qon xizmati markazi binosi. Shahar va tuman tibbiyot birlashmalari binosi
Xaritada ko‘rish
12 Surxondaryo viloyati 20 may 09:00 Surxondaryo viloyati qon xizmati markazi
Xaritada ko‘rish
13 Buxoro viloyati 19 may
20 may
09:30
09:30
Buxoro viloyat Qon quyish stansiyasi, Harbiy qismlarda
Xaritada ko‘rish
14 Xorazm viloyati 21-22 may 09:00 Xorazm viloyati qon xizmati markazi binosi
Xaritada ko‘rish
15 Toshkent shahri 5-iyun 10:00

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi binosi
Xaritada ko'rish

16 Toshkent shahri 10-iyun 09:30

Yunon madaniyat markazi binosi
Xaritada ko'rish

“Biz — donormiz” — bu shunchaki aksiya emas.
Bu — insonlar hayotiga yangicha mazmun olib kiruvchi, jamiyat a’zolarini yaxshilik atrofida birlashtiruvchi harakatdir.

“Biz — donormiz” aksiyasiga qo‘shiling va kimningdir hayotiga umid hadya eting.