@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Bir million daraxt” aksiyasi: 2026-yil bahorgi mavsum natijalari

 2026-05-19 12:36:16   |     Просмотров: 1164

“Yuksalish" harakati tomonidan 2019-yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan “Bir million daraxt” qo‘shma eko-aksiyasi doirasida mamlakat bo‘ylab ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va jamiyatda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. 2019-yil 24-oktabrda boshlangan tashabbus doirasida bugunga qadar 5 milliondan ortiq daraxt va butalar ekildi.

Aksiyaning muhim jihati shundaki, ko‘chatlar shunchaki ekib ketilmaydi. Ular hududlarning iqlimiy xususiyatlari va keyingi parvarish imkoniyatlari inobatga olingan holda, maktablar, mahallalar, xiyobonlar, ta’lim muassasalari hamda doimiy parvarish ta’minlanadigan boshqa hududlarga ekilmoqda.

2026-yil bahorgi mavsumida aksiya doirasida yana 2 200 tup daraxt ekilib, ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom ettirildi. Aksiya doirasida daraxt turlari hududlarning iqlimiy va geografik xususiyatlaridan kelib chiqib tanlanmoqda.

 “Bir million daraxt” aksiyasi bugun keng jamoatchilikni ekologik tashabbuslar atrofida birlashtirayotgan amaliy platformaga aylandi. Unda davlat va xususiy sektor, nodavlat notijorat tashkilotlari, yoshlar, ekologik birlashmalar hamda faol fuqarolar ishtirok etib kelmoqda. Mazkur tashabbus har yili izchil davom ettirilib, mamlakatda yashil makonni kengaytirish va ekologik madaniyatni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

"Yuksalish" harakati matbuot xizmat