@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Farg‘onada jamoatchilik maslahat kengashlari uchun trening boshlandi

 2026-05-19 18:39:56   |     Просмотров: 996

19-may kuni Farg‘ona shahrida  jamoatchilik maslahat kengashlarining ochiq va inklyuziv boshqaruvdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan trening boshlandi.

Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan “Yuksalish” harakati va Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Jamoatchilik maslahat kengashlari bugungi islohotlar jarayonida davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi samarali muloqot ko‘prigi sifatida tobora muhim institutga aylanib bormoqda. Ushbu kengashlar nafaqat jamoatchilik fikrini davlat boshqaruvi tizimiga yetkazish, balki aholining real ehtiyojlari va mavjud muammolarini aniqlash, ularni tegishli qarorlar ishlab chiqishda hisobga olish imkonini beruvchi muhim platforma vazifasini bajaradi.

Shu nuqtayi nazardan, treningning asosiy maqsadi jamoatchilik maslahat kengashlari a’zolarining institutsional salohiyatini mustahkamlash, ularning nazorat va maslahat berish faoliyatini yanada samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy amaliy vositalar, metodologiyalar va samarali yondashuvlar bilan tanishtirishdan iborat.

Farg‘onada boshlangan ushbu tashabbus hududlarda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha tizimli ishlarning davomi hisoblanadi. Treninglar seriyasi 22 va 26-may kunlari mamlakatning boshqa hududlarida ham davom ettiriladi. Xususan, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida uchun ham shunday tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

“Yuksalish” harakati matbuot xizmati