Tadbirlar oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar diqqatiga!
“Yuksalish” harakati Samarqand viloyatida tashkil etiladigan tadbirlar oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarni jalb qilish maqsadida tender eʼlon qiladi.
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — “Yuksalish” harakati bilan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida 2026-yilning 29–30-iyun kunlari Samarqand viloyati Samarqand shahrida 2 kunlik tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
2 kunlik tadbirlarni tashkil etish uchun joy va unga aloqador xizmatlarga oid talablar quyidagi havolada keltirilgan: Havola
Ushbu xizmatlarni koʻrsatish istagida boʻlgan tashkilotlar texnik talablarga javob beradigan tijorat takliflarini info@yuksalish.org va lutfiddinov@yuksalish.org elektron pochta manzillariga yuborishlari mumkin.
Takliflar 2026-yil 5-iyunga qadar qabul qilinadi.