@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy Rivojlanish bo‘yicha siyosiy muloqot forumida ishtirok etmoqda

 2026-06-03 16:49:22   |     Просмотров: 974

2–3-iyun kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy Rivojlanish bo‘yicha siyosiy muloqot forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Yevropa Ittifoqi institutlari, xalqaro moliya tashkilotlari, fuqarolik jamiyati tarmoqlari, mahalliy hokimiyatlar assotsiatsiyalari hamda global darajadagi tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Uchrashuv “Umumiy farovonlik yo‘lida mintaqaviy hamkorlik: Osiyo va Tinch okeani mintaqasida yashil transformatsiya hamda iqlimga chidamlilikni kengaytirish” mavzusida o‘tkazilib, unda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, yashil transformatsiyani jadallashtirish hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida iqlim barqarorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Mazkur uchrashuv Yevropa Komissiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Policy Forum on Development” platformasi doirasida tashkil etilmoqda. Ushbu platfroma 2013-yilda fuqarolik jamiyati tashkilotlari va mahalliy hokimiyatlar assotsiatsiyalari bilan Yevropa Ittifoqi institutlari o‘rtasida muntazam siyosiy muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan.

Uchrashuv  doirasida Yevropa Ittifoqining Global Gateway tashabbusi, qayta tiklanuvchi energiya, shahar va qishloq hududlarida iqlimga chidamlilikni oshirish, mahalliy hamjamiyatlar manfaatlarini hisobga olgan holda rivojlanish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Ushbu nufuzli mintaqaviy muloqotda “Yuksalish” harakatining ishtiroki O‘zbekiston fuqarolik jamiyati institutlarining xalqaro jarayonlarga faol jalb etilayotganini, mamlakatimiz tajribasiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini hamda milliy fuqarolik jamiyati vakillarining global va mintaqaviy kun tartibidagi muhokamalarda o‘z o‘rniga ega bo‘layotganini ko‘rsatadi.

“Yuksalish” harakati matbuot xizmati