@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Fuqarolar va davlat o‘rtasida ishonchli muloqotni mustahkamlash yo‘lida

 2026-05-29 11:30:00   |     Просмотров: 886

O‘zbekistonda ochiq va inklyuziv boshqaruvni rivojlantirishda Jamoatchilik maslahat kengashlari rolini kuchaytirishga qaratilgan treninglar Farg‘ona, Buxoro va Xorazm viloyatlarida yakunlandi.

Treninglar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan Adliya vazirligi va “Yuksalish” harakati bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

19, 22 va 26-may kunlari Farg‘ona, Buxoro hamda Urganch shaharlarida o‘tkazilgan treninglarda Jamoatchilik maslahat kengashlari a’zolari, NNT va davlat organlari vakillari uchun seminarlar o‘tkazuvchi trenerlar ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar davomida Jamoatchilik maslahat kengashlarining huquqiy asoslari, ularni shakllantirish tartibi, ish rejasini ishlab chiqish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari hamda qarorlar qabul qilish jarayonlarida samarali ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.

Interaktiv treninglar guruh ishlari, amaliy mashqlar, keyslar va muhokamalar asosida tashkil etilib, ishtirokchilar mahalliy darajada jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish, aholining ehtiyoj va muammolarini aniqlash hamda ularni davlat boshqaruvi jarayonlariga yetkazish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Mazkur treninglar fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi ochiq muloqotni rivojlantirish, qaror qabul qilish jarayonlarida jamoatchilik fikrini inobatga olish hamda hududlarda inklyuziv va hisobdor boshqaruvni mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Yuksalish” harakati matbuot xizmati