@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

NNTlarning kundalik faoliyatiga sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan grant dasturi

 2026-08-17 15:47:51   |     Просмотров: 1254

"Yuksalish" harakati O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlarini (NNT) NNTlarning kundalik faoliyatiga sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan grant dasturida ishtirok etishga taklif qiladi.

Hisobotlar tayyorlash, grant arizalarini yozish va ijtimoiy tarmoqlarni yuritishga ko‘p vaqt sarflayapsizmi? Zamonaviy sun’iy intellekt vositalarini joriy etish jamoangizga kundalik takroriy vazifalarni qisqartirish va ish samaradorligini 2–3 barobar oshirishga yordam beradi.

Gʻolib tashkilotlar nimaga ega bo‘ladi?

Tanlov yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning barcha hududlaridan 3–4 ta NNT kompleks qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi:

  1. Dasturiy ta’minotni sozlash
    Sun’iy intellekt vositalari paketini joriy etish va tashkilot ehtiyojlariga moslashtirish: matn yaratish, mediakontentni qayta ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish va hujjat aylanmasini avtomatlashtirish.
  2. Jamoa uchun intensiv o‘quv dasturi
    Xodimlar uchun prompt-injiniring, SI yordamida grant arizalari va hisobotlar tayyorlash, dizayn hamda ma’lumotlar xavfsizligi bo‘yicha amaliy vorkshoplar.
  3. Shaxsiy mentorlik
    Tizimlar sozlanganidan so‘ng, tashkilotning amaliy vazifalarini hal etish uchun ekspertlar tomonidan 30 kunlik hamrohlik va maslahat berish.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan yosh NNTlar (1–2 yillik), barcha hududlardan;
  • Bazaviy raqamli infratuzilmaga ega tashkilotlar — kompyuter va Internet tarmog‘iga kirish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim;
  • To‘liq o‘quv kursini o‘tash va yangi texnologiyalarni tashkilot faoliyatiga joriy etish uchun xodim ajratishga tayyor jamoalar.

Dastur bosqichlari

  • Arizalarni qabul qilish;
  • Arizalarni baholash va g‘oliblarni e’lon qilish;
  • Audit o‘tkazish va dasturiy ta’minotni sozlash;
  • O‘quvlar va amaliy vorkshoplar;
  • Mentorlik ko‘magi va yakuniy davra suhbati.

Ariza qanday topshiriladi?

Tanlovda ishtirok etish uchun havola orqali onlayn anketani to‘ldirish lozim.
HAVOLA

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati:
07.09.2026 yil, soat 18:00 gacha.

Bog‘lanish uchun ma’lumot

Barcha savollar bo‘yicha quyidagi manzillar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

Telefon: +998 95 230-33-23
Elektron pochta: info@yuksalish.org

Tashkilotingizni yangi raqamli rivojlanish bosqichiga olib chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!