@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Fuqarolik jamiyati — inklyuziv rivojlanish va mahalliy tashabbuslar drayveri” yakuniy forumi uchun texnik jihozlar (ovoz, mikrofonlar, sinxron tarjima, LED ekran) bo‘yicha

 2026-11-06 18:30:00   |     Просмотров: 130





“Yuksalish” harakati tomonidan Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda inklyuziv jamoatchilik rivoji uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan ikki kunlik yakuniy forum uchun texnik jihozlarni taqdim etish bo‘yicha ochiq tender e’lon qiladi.












 

Tender predmeti

Yakuniy forum uchun ovoz uskunalari, konferens-tizim va mikrofonlar, sinxron tarjima jihozlari (kabinalar, qabul qilgichlar) va LED ekranni ijaraga berish, yetkazib berish, o‘rnatish, texnik xizmat ko‘rsatish va yig‘ishtirish.

Tadbir sanalari

2026-yil 1–2-dekabr, o‘rnatish — 30-noyabr soat 18:00 dan, yig‘ishtirish —

2-dekabr soat 17:30 dan keyin.

Joy

Toshkent shahridagi konferens-zal (kamida 80 o‘rin), alohida tender orqali aniqlanadi; manzil g‘olibga 2026-yil 18-noyabrgacha ma’lum qilinadi.

Asosiy hajm

zal ovoz kuchaytirish tizimi; kamida 40 ta konferens-tizim mikrofoni va 2 ta simsiz mikrofon; 2 ta sinxron tarjima kabinasi; quloqchinli kamida 65 ta qabul qilgich; kamida 4×2,5 m LED ekran; joyida texnik xodim.

Kimlar ishtirok etishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan, konferensiyalarni texnik ta’minlashga ixtisoslashgan, o‘ziga tegishli yoki ijaraga olingan sinxron tarjima jihozlariga ega kompaniyalar.

Taklifni topshirish

Texnik topshiriqqa muvofiq tayyorlangan texnik va narx takliflari lutfiddinov@yuksalish.org elektron pochtasiga “Tender — forum texnik jihozlari — [tashkilot nomi]” mavzusi bilan tasdiqlangan holda topshiriladi

Topshirish muddati

2026-yil 16-noyabr, soat 12:00 gacha (Toshkent vaqti bilan). Muddatdan keyin kelib tushgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

Savollar

2026-yil 13-noyabrgacha lutfiddinov@yuksalish.org manziliga yoki +(998) 99 835-85-56 raqamiga yuborilishi mumkin. Javoblar hujjatlarni so‘ragan barcha ishtirokchilarga yuboriladi.

Natijalar

2026-yil 16-noyabrgacha e’lon qilinadi.

Hujjatlar

Texnik topshiriq va narx taklifi shakli

 

Buyurtmachi har qanday yoki barcha takliflarni rad etish, shuningdek shartnoma tuzilgunga qadar tenderni istalgan bosqichda bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Tenderda ishtirok etish buyurtmachiga hech qanday moliyaviy majburiyat yuklamaydi.