@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Quyoş energetikasi : imkoniyatlar , natijalar va mavjud muammolar jamoatçilik eşituvida muhokama qilindi

 2026-11-16 15:37:02   |     Просмотров: 55

Bugun,  13-noyabr  kuni  “ Yuksaliş ”  harakati va Oliy Majlis Senati hamkorligida hududlarda quyoş energiyasidan foydalaniş holati ,  qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş hamda sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş masalalariga bağişlangan jamoatçilik eşituvi bölib ötdi.

Tadbirda vazirlik va idoralar vakillari ,  ekspertlar hamda jamoatçilik faollari iştirok etdi . Unda “Yuksaliş ”  harakati tomonidan respublika böylab ötkazilgan ijtimoiy sörov va jamoatçilik monitoringi natijalari taqdim etilib ,  sohadagi yutuqlar ,  mavjud muammolar hamda ularning yeçimlari muhokama qilindi.

Özbekistonda quyoş energetikasi rivojlanmoqda

“Özbekiston  — 2030”  strategiyasini  2026-yilda  amalga oşiriş  Davlat  dasturida qayta tiklanuvçi energiya manbalari uluşini  34,8  foizga yetkaziş vazifasi belgilangan.

Taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, mamlakatda umumiy quvvati 2 527 MVt bölgan quyoş panellari örnatilib, elektr tarmoğiga ulangan. Jumladan, 670,5 MVt aholi xonadonlari, 1 338 MVt tadbirkorlik subyektlari va 458 MVt ijtimoiy soha obyektlari hissasiga töğri keladi.

Aholi va tadbirkorlarni rağbatlantiriş maqsadida “Quyoşli xonadon” dasturi, ortiqça elektr energiyasini sotiş imkoniyati hamda banklarning “Yaşil kredit” mahsulotlari joriy etilgan.

Jamoatçilik nazorati tadbirlari natijalari

“Yuksaliş” harakati tomonidan ötkazilgan mavzuga oid ijtimoiy sörovda respublikaning 159 ta tuman va şahridan 1 077 nafar quyoş paneli örnatgan fuqaro va tadbirkor qatnaşdi.

Şuningdek, jamoatçilik monitoringi doirasida 28 ta tuman va şahardagi 441 ta xonadon ,  tadbirkorlik subyekti va ijtimoiy soha obyekti joyida örganildi.

Sörov natijalariga köra:

  •  93,8  foiz  respondent  quyoş panellari örnatilişini ijobiy baholagan;
  •  61,8  foiz elektr energiyasi xarajatlari keskin kamayganini va panellar özini oqlayotganini bildirgan;
  •  71  foiz tarmoqqa ulaniş va ikki tomonlama hisoblagiç örnatiş jarayoni tez va oson keçganini qayd etgan;
  •  65,7  foiz sotilgan elektr energiyasi uçun tölovlar muntazam tuşayotganini ma'lum qilgan;
  •  62,8  foiz örnatuvçi taşkilotlar xizmatidan töliq mamnunligini bildirgan.

Jamoatçilik monitoringida esa xonadon egalarining 96,5 foizi panellar örnatilgandan keyin holati yaxşilanganini ,  tadbirkorlarning  90  foizi olinayotgan iqtisodiy  samara  biznes-rejaga mos yoki undan yuqori ekanini qayd etgan.

Ijtimoiy soha obyektlarida quyoş panellari elektr energiyasi iste'molining örtaça  32,8 foizigaça bölgan qismini qoplamoqda.

Mavjud muammolar va yeçimlar

Sohadagi ijobiy natijalarga qaramay, ayrim hududlarda quyoş energetikasini rivojlantirişga tösqinlik qilayotgan elektr tarmoğiga ulaniş jarayonining çözilişi, tarmoqqa uzatilgan energiya uçun tölovlarning keçikişi, invertorlarning nosozligi, joylarda mutaxassislarning yetişmasligi muammolar ham aniqlangan.

Jumladan, jamoatçilik monitoringi davomida quyidagi muammolar aniqlandi:

  • Hisoblagiç örnatişdagi keçikiş: Urganç şahrida örganilgan 20 ta obyektning (5 ta xonadon, 5 ta tadbirkorlik subyekti va 10 ta ijtimoiy soha obyekti) barçasida ikki tomonlama hisoblagiç uçun ariza berilgan bölsa-da, hisoblagiç hanuzgaça örnatilmagan. Yunusobod tumanida esa 4 ta tadbirkorlik subyekti (162 kVt) va 54-oilaviy poliklinika (235 kVt) hisoblagiç yöqligi sababli ortiqça energiyani tarmoqqa sota olmayapti;
  • Tölovlardagi keçikiş: Namangan şahri va Yangi Namangan tumanida örganilgan 10 ta tadbirkorlik subyektining barçasida sotilgan energiya uçun tölovlar 1–3 oyga keçikmoqda. Termiz tumanidagi Yangihayot mahallasida istiqomat qiluvçi xonadon egasi oldidagi qarzdorlik 40 mln sömga yetgan;
  • Ijtimoiy soha obyektlaridagi muammolar: Termiz tumanidagi 4-sonli maktabgaça ta'lim taşkiloti va 16-maktabda örnatilgan panellar pudratçi taşkilot 2025-yildan buyon hujjatlarni rasmiylaştirmagani sababli tarmoqqa ulanmagan. Navoiy şahridagi 28-maktabgaça ta'lim taşkilotida esa panellarni örnatiş çoğida tomga şikast yetkazilgan va yomğir ötmoqda.

Eşituvda mas'ul davlat taşkilot va idoralarining sohada amalga oşirilayotgan işlar böyiça hisoboti va jamoatçilik monitoringida aniqlangan muammolar böyiça istiqboldagi rejalari tinglandi.