MARKAZIY OSIYODA TRANSÇEGARAVIY ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILIŞ: ÖZBEKISTON QONUNÇILIGINI TAKOMILLAŞTIRIŞ MASALALARI
Havo ifloslanişi davlat çegaralarini tan olmaydi. Bir davlat hududidagi sanoat korxonasi yoki energetika obyektidan çiqarilgan moddalar atmosfera oqimlari orqali qöşni davlatlarga yetib borişi mumkin. Markaziy Osiyoda bu muammo çöllaniş, çang va tuz böronlari, Orol dengizining qurişi bilan yanada keskinlaşadi. Ifloslanişning kelib çiqiş manbasi, tarqaliş yönalişi va ta’sir körsatadigan hudud köpinça bir-biriga mos kelmaydi. Şu bois ekologik xavfni aniqlaş va oldini oliş bitta davlatning vakolatli organlari doirasida hal etib bölmaydigan vazifaga aylanadi.
Şu bilan birga, havo ifloslanişining barça holatlarini taşqi omillar bilan izohlaş ham töğri emas. Mahalliy va taşqi manbalarni işonçli monitoring ma’lumotlari asosida farqlaş huquqiy çoralarni töğri belgilaşning asosiy şartidir. Aks holda içki muammolarni taşqi omillarga boğlaş yoki, aksinça, transçegaraviy ta’sirni e’tibordan çetda qoldiriş xavfi yuzaga keladi.
Milliy qonunçilik nimani nazarda tutadi?
Özbekistonda sohaning huquqiy asosi 1996 yilda qabul qilingan «Atmosfera havosini muhofaza qiliş töğrisida»gi Qonun hisoblanadi. Unda havo sifati normativlari, ifloslantiruvçi manbalarni tartibga soliş, davlat hisobi, monitoring va ekologik nazorat nazarda tutilgan. Biroq milliy nazorat mamlakat hududidagi manbalarni tekşirişga qaratilgan bölib, transçegaraviy hamkorlik esa boşqa vazifani – bir davlatdagi faoliyatning qöşni davlat manfaatlariga ta’sirini aniqlaş, uni xabardor qiliş va zararning oldini olişni talab etadi. Qonunning 27-moddasidagi davlat monitoringi tizimi ham ma’lumotlarni qöşni davlatlar bilan taqqoslaş va almaşiş tartibini nazarda tutmaydi.
2025 yil 24 fevralda qabul qilingan «Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholaş va strategik ekologik baholaş töğrisida»gi ÖRQ-1036-son Qonun muhim qadam böldi. Uning 29-moddasiga köra, transçegaraviy ta’sirni baholaş ikki holatda ötkaziladi: Özbekistondagi faoliyat qöşni davlatga sezilarli salbiy ta’sir körsatişi mumkin bölganda va, aksinça, qöşni davlatdagi faoliyat Özbekistonga şunday ta’sir körsatayotganda. 31–32-moddalar esa strategik rejalaştiriş hujjatlarida transçegaraviy oqibatlarni hisobga olişni nazarda tutadi.
Ammo «sezilarli salbiy ta’sir» mezonini atmosfera havosiga nisbatan qöllaş aniqlaştirişni talab qiladi: ifloslantiruvçi moddalarning turi va miqdori, tarqaliş xususiyati, ta’sir davomiyligi va aholi salomatligi uçun xavf hisobga olinişi kerak. Bundan taşqari, mazkur institut asosan alohida loyihalarga qaratilgan, havo ifloslanişi esa köpinça bir neçta manbalar, mavsumiy va tabiiy omillarning birgalikdagi ta’sirida şakllanadi.
Ilmiy tadqiqotlar nimani körsatmoqda?
Xalqaro tadqiqotlar muammoning mintaqaviy xususiyatini tasdiqlaydi. Modellaştiriş natijalariga köra, Orolqumdan atmosferaga kötariladigan çang miqdori 1980-yillardagiga nisbatan 2010-yillarda sezilarli oşgan, uning tarqaliş yönalişi esa yildan-yilga özgarib turadi. Özbekistonda 2023 yilgi çangli mavsumlarda PM2.5 tarkibidagi çangning örtaça uluşi 33 foizni taşkil etgani, ayrim çang hodisalarining manbai Qizilqum va Orolqum ekani aniqlangan. Olmaota, Ostona, Aşxobod, Bişkek, Duşanbe va Toşkent böyiça qiyosiy tahlillar havo sifatiga meteorologik şaroit va havo massalarining harakati ham ta’sir qilişini körsatgan.
Bu ma’lumotlar bir xulosaga olib keladi: ifloslantiruvçi moddalar konsentratsiyasini ölçaşning özi yetarli emas. Ifloslaniş manbalarini aniqlaş, ularning uluşini baholaş va atmosfera oqimlarini modellaştiriş davlat ekologik monitoringining tarkibiy qismiga aylanişi kerak.
Asosiy xulosalar
– Hududda PM2.5 yoki PM10 körsatkiçlarining yuqoriligi öz-özidan ifloslaniş boşqa davlatdan kelganini anglatmaydi. Buning uçun manbalarni identifikatsiya qiliş, atmosfera oqimlari va meteorologik ma’lumotlarni tahlil qiliş zarur.
– Çangning transçegaraviy harakati muayyan davlatning xalqaro-huquqiy javobgarligini avtomatik ravişda keltirib çiqarmaydi. Buning uçun majburiyat buzilgani, zarar va sababiy boğlaniş isbotlanişi kerak.
– ÖRQ-1036-son Qonundagi transçegaraviy ta’sirni baholaş instituti – muhim yutuq, biroq uni atmosfera havosiga nisbatan qöllaş tartib-taomillarini (davlatni xabardor qiliş, uning fikrini körib çiqiş va hisobga oliş) aniqlaştiriş lozim.
– Monitoring natijalari davlatlararo taqqoslanişi uçun ölçaş usullari, ma’lumot şakllari, kuzatuv davriyligi va sifat talablarini muvofiqlaştiriş zarur. Bu milliy tizimlarni yagona organga böysundirişni emas, ma’lumotlarni özaro tan olişni anglatadi.
– Axborot almaşiş faqat ifloslanişdan keyingi xabar beriş emas, balki muntazam ma’lumot almaşiş, oldindan ogohlantiriş, çang böronlarini prognozlaş va qöşma tadqiqotlarni ham qamrab olişi kerak.
– Mintaqaviy hamkorlikda barça davlatlarga bir xil majburiyat yuklaşdan köra, ularning monitoring imkoniyatlari va xavf darajasini hisobga oladigan bosqiçma-bosqiç mexanizm maqsadga muvofiq.
Takliflar
1. «Atmosfera havosini muhofaza qiliş töğrisida»gi Qonunni «Transçegaraviy atmosfera ifloslanişining oldini oliş va uning ta’sirini kamaytiriş» deb nomlangan alohida modda bilan töldiriş. Unda quyidagilar mustahkamlanişi lozim:
• ifloslaniş manbalarini baholaşda monitoring, laboratoriya tahlillari va atmosfera jarayonlarini modellaştiriş natijalaridan foydalaniş;
• Özbekistondagi faoliyat qöşni davlatga sezilarli salbiy ta’sir körsatişi ehtimoli bölganda, tegişli davlatni belgilangan tartibda xabardor qiliş;
• xavf aniqlanganda manfaatdor davlatlar bilan monitoring ma’lumotlarini almaşiş va zarur hollarda qöşma ekologik baholaş ötkaziş;
• çang böronlari va yuqori darajadagi ifloslaniş töğrisida öz vaqtida axborot beriş mexanizmlarini rivojlantiriş;
• transçegaraviy ta’sirni kamaytiriş böyiça davlatlararo hamkorlik çoralarini amalga oşiriş.
Bunda yangi nazorat organini tuziş emas, balki mavjud monitoring va ekologik boşqaruv tizimini transçegaraviy munosabatlarga moslaştiriş nazarda tutiladi.
2. Markaziy Osiyo davlatlari örtasida transçegaraviy atmosfera ifloslanişini monitoring qiliş va uning oldini oliş böyiça mintaqaviy kelişuv taşabbusini ilgari suriş. Kelişuvda ma’lumotlarni taqqoslaş va almaşiş, çang böronlari haqida oldindan ogohlantiriş, transçegaraviy ta’sirni baholaşda davlatlararo maslahatlaşuvlar ötkaziş tartibi belgilanişi mumkin.
3. Özbekistonning BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining 1979 yilgi «Havoning uzoq masofalarga transçegaraviy ifloslanişi töğrisida»gi Konvensiyasiga qöşilişining maqsadga muvofiqligini kompleks örganiş. Bunda monitoring tizimining texnik imkoniyatlari, xalqaro hisobot beriş majburiyatlari, moliyaviy va institutsional resurslar hamda protokollarga qöşilişning huquqiy oqibatlari baholanişi lozim.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, Özbekiston qonunçiligida transçegaraviy ekologik ta’sirni baholaşning umumiy huquqiy asoslari yaratilgan. Endigi vazifa – bu institutni atmosfera havosi sohasida aniqlaştiriş, milliy monitoring tizimi va davlatlararo axborot almaşiş bilan boğlaş hamda qöşni davlatlar bilan hamkorlikning taşkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantiriş. Bunday yondaşuv mamlakatimiz milliy manfaatlarini himoya qiliş bilan birga, Markaziy Osiyoda umumiy ekologik xavfsizlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Rajabov Nariman Şarifbayeviç, TDYU professori